|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 215
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning 4.6-bandida so‘z yuritilayotgan
jarayonning mohiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu
hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi:
1.Uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini
tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo‘li bilan boshqarib borilishi;
2.barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta’lim to‘g`risida»gi
qonunga muvofiq belgilanadi;
3.ta’limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi;
4.moliya-xo‘jalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘quv
yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi;
5.ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan
tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko‘ra
ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi beriladi;
6.muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining,
jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o‘z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish
kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarning samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega
ekanligini ham ta’kidlab o‘tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
1.ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so‘zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o‘lchovga
ega;
2.ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar katta rol o‘ynaydi);
3.menejment mazmunida o‘z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining
o‘zaro dialektik birligi;
4.ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan
boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o‘tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining
maqsadi –ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal
qilish, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ota-onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim
muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.
2. Boshqarish funktsiyalari.Boshqaruv metodlari va usullari.
Boshqarish funktsiyasi deganda u yoki bu ob’ yektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal
etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi.
Axborot-tahlil funktsiyasi. Mazkur funktsiya Yu.Konarjevskiy tomonidan ishlab chiqilgan
bo‘lib, boshqaruvda alohida o‘rin tutadi; bunda axborotlarni olish va tahlil qilishda jarayon
boshlanadi va tugallanadi.
Oldindan ko‘rish-rejalashtirish funktsiyasi. Boshqaruv faoliyatini oldindan ko‘rish (anglash)
va rejalashtirish funktsiyasi uchun maqsadli-motivlashtirish boshlang‘ich asos bo‘lib xizmat
qiladi, oldindan ko‘rish-rejalashtirish funktsiyasi tashkiliy shakllar, usullar, ta’sir etuvchi
vositalarni aniqlaydi, nazoratning me’yori va natijalarini baholashga xizmat qiladi, shuningdek,
pedagogik tizimni va uning ishtirokchilarining harakati va faoliyatini muvofiqlashtirish hamda
tartibga solish imkonini beradi.
Maqsadli-motivlashtirish funktsiyasi. Motivlashtirish belgilangan maqsadga erishish
bo‘yicha barcha boshqaruv sub’ektlarida qiziqishlar uyg‘otishga yo‘naltirilgan tadbirlarni tashkil
etishni nazarda tutadi.
Tashkiliy-ijrochilik funktsiyasi. Bu funktsiya boshqaruv faoliyatining barcha yo‘nalishlarida
o‘z ifodasini topadi. Bu kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ijrochilarning o‘zaro ta’sir etish
tizimini shakllantirish, axborotlar to‘plash va ularga ishlov berish faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Buning natijasida u yoki bu pedagogik tizimga xos tarkibiy tuzilish vujudga keladi.
Nazorat-tashxis funktsiyasi. Nazorat - bu boshqaruv jarayonining faol bosqichlaridan biri
bo‘lib, u boshqaruvning barcha funktsiyalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Umumiy holda nazorat
|
| |