|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 216
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
rejalashtirilgan natija bilan haqiqiy erishilgan natijalarni o‘zaro solishtirish jarayoni bo‘lib, u
faoliyatning muvaffaqiyatini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Tartibga solish - muvofiqlashtirish funktsiyasi pedagogik tizimning holatini zaruriy,
belgilangan darajada ushlab turish, uni yangi sifat darajasiga ko‘tarish va pedagogik jarayonda
yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklami tuzatish hamda pedagogik jarayon ishtirokchilarining xatti-
harakatlarini tartibga solish uchun xizmat qiladi.
Boshqaruv metodlari. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlarda ta’lim muassasalarini
boshqarishga ko‘p darajada mos keladigan metodlarning to‘rt asosiy guruhi: iqtisodiy, tashkiliy-
ma’muriy, ijtimoiy-psixologik va axborotlar to‘plash metodlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Iqtisodiy metodlarham iqtisodiy metodlar bajaradigan vazifalarni bajaradi, faqat ularning
ta’sir ko‘rsatish usullari va shakllari o‘zaro farq qiladi.
Tashkiliy-ma’muriy metoddan fodalanishdan ko‘zlangan maqsad belgilangan maqsadlarga
erishishda jamoada mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan o‘zaro munosabatlar, aloqalar, tashkiliy
barqarorlik, intizom, o‘zaro mutanosiblik va kelishuvchanlik, tartiblilik hamda uzluksiz
rivojlanishni huquqiy va me’yoriy hujjatlarga mos ravishda ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy-psixologik metodlar jamoa a’zolari o‘rtasida shunday munosabatlarni vujudga
keltirishni nazarda tutadiki, bunda rahbar xodimlarning bemalol, erkin harakat qilishi, o‘zini-o‘zi
namoyon qilishi, turli jarayonlarda erkin ishtirok etishi, fikr bildirishi uchun shart-sharoitni va
ijodiy muhitni yaratishi zarur.
Boshqaruv uslublari. Boshqaruv uslubi - bu ish uslublarining to‘plami bo‘lib, u o‘zining
faoliyatida ushbu boshqaruv apparatini qo‘llaydi. Menejment uslubi - bu rahbarni shaxsiy
sifatlarining to‘plami, rahbarni qo‘l ostidagilar bilan munosabati, rahbarning o‘z faoliyatida
ishlatadigan uslubi va yo‘llari, rahbarning xodimlarni amalda bilishidir.
3.Pedagogik Kengash ta’lim muassasasining boshqaruv organi sifatida.
Pedagogik Kengash - ta’lim muasasasasining boshqaruv organi. Ta’lim muassasalarida
o‘quv-tarbiya jaroyonini rivojlantirish , takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog‘liq barcha
tashkiliy muvofiqlashtirish, o‘qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini
o‘stirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi pedagogik Kengash faoliyat ko‘rsatadi.
Pedagogik Kengash ta’lim muassasasi jamoasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
|
| |