223
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
6.Bilimga bo‘lgan munosabatda
7.Muomalada
8.Bo‘ysinuvchilarga nisbatan
9.Intizomga nisbatan
10.Rag‘batlantirishga nisbatan
Bugungi kunda rahbardan talab qilinadugan narsa tashabbuskorlik,ilg‘or mehnat madaniyati
tajribasini joriy etishda fidoiylik, odamlar kayfiyatini bilish,ular tashvishi bilan yashash,
yangi ish
joylar yaratish va xalqning ma’naviy va moddiy farovonligini ta’minlashdir.
Boshqaruvchi xodimlarni qabul qilish madaniyatiga ega bo‘lishi lozim.Chunki,xodimlarni
qabulqilish,ularning quvonch va tashvishlariga birdek quloq sola olish,ularning dardlariga sherik
bo‘la olish har bir zamonaviy rahbarning burchi va vazifasi hisoblanadi.
Har bir rahbar jamoada muhokama qilinishi lozim bo‘lgan yoki tasodifan yuzaga kelgan
muammo va turli vaziyatlarni eng avvalo o‘zi obdon tushunib yetgan yoki hech bo‘lmasa o‘sha
muammoning yechimi bo‘yicha taklif qilingan o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lishi lozim.
Shundagina u rahbar o‘z ishini puxta va to‘g‘ri tashkil etgan hisoblanadi.
Rahbar yoki boshqaruvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi qanchalik mashaqatli bo‘lsa, unda
shunchalik muammoviylik ko‘pdir. Shuni aytish kerakki, muammoviylik
tushunchasi faqat
ob’ektiv tabaqa bo‘lib qolmasdan, balki u o‘ziga salmoqli sub’ektiv omilni qamrab olgan.Rahbar
ishini to‘g‘ri tashkil etishning bir nechta ustunliktaraflari bor:
1.Tashkilotda barcha boshqaruv tizimini takomillashtirishga imkon yaratadi
2.Tashkilotni va har bir xodimni faoliyat natijalarini yuqori bo‘lishiga ko‘maklashadi.
3.O‘zini oqilona rejalashtirish tizimi deb ko‘rsatadiki,strategic rejalashtirishdan boshlab to
yakka shaxs maqsadlarini belgilashgacha
4.O‘z xodimlaridan aniq,erishishi mumkin bo‘lgan maqsadlarni qo;yishni talab qiladi.
5.Olingan natijalarni ob’ektiv baholashga harakat qiladi,chunki maqsadlar son ko‘rsatgichi
bilan ifodalaniladi.
6.Kadrlarni samarali ishlatishni biladi.
7.Xizmat ko‘rsatish imkonini oshiradi
8.Kelajagi porloq xodimlarni aniqlay oladi.
9.Tashkilotda muomala madaniyatini shaxsiy namunasi orqali yaxshilaydi.
10.Xodimlarni moddiy yoki manaviy rag‘batlantirish imkonini topadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yangi jamiyatning siyosiy
va davlat tuzumini belgilar
ekanmiz,unda har bir odamning siyosiy,iqtisodiy,ijtimoiy va ma’naviy faoliyati uchun yetarli shrt
sharoitlar yaratilishi uchun bugungi zamonaviy rahbar kuchli boshqarish madaniyatiga va o‘z
ishini to‘g‘ri va aniq maqsadlar asosida tashkil etishga qodir bo‘lgan yuksak darajadagi bilim
salohiyatiga ega bo‘lgan shaxs bo‘lishi zarur.