|
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Ushbu tushuncha mamlakatimizning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, yurtimizda
demokratik davlat, erkin fukarolik jamiyatini barpo etish. Uchinchi Renessans poydevorini
yaratish borasidagi islohotlarimizning tayanch g‘oyasini ifoda etadi.
Ana shu g‘oya asosida yurtimizda "Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessans sari" degan
shior ilgari surilayotgani ham bejiz emas.
Men orzu qilgan va qat’iy intilayotgan Yangi O‘zbekiston, avvalo, xalqimiz o‘z milliy
taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘yganini, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin
egallayotgani, bu borada oldimizda ko‘plab yangi imkoniyatlar paydo bo‘layotganini anglatadigan
tushunchadir.
Yangi O‘zbekiston-mamlakatimiz mustaqilligini yanada mustahkamlash, erkinlik va
ozodlikning yangi davri, bunyodkorlik va farovonlik yo‘lining yukori bosqichidir.
Rivojlangan davlatlar tajribasidan ma’lumki, oliy ta’lim bosqichma-bosqich bozor
munosabatlarining to‘laqonli sub’ektiga aylantirilib, akademik va moliyaviy mustaqillik
tamoyillari asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu esa universitetlarning boshqaruv tuzilmasini faol
o‘zgartirishga, funksiyalarni maqbullashtirishga, yangi moliyalashtirish manbalarini topishga,
zamonaviy ta’lim usullarini shakllantirishga va ta’lim sifatini oshirishga undaydi. Xalqaro
maydonda oliy ta’lim muassasalarining faoliyati, binobarin, ularni boshqarish tobora korporativ
tus olmoqda. Oliy ta’lim kontekstida har doim universitetlarning mustaqilligi, akademik
erkinliklari va ta’lim sifatini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lib kelgan. Bugungi kunda oliy
ta’limni boshqarish tizimlarining mustaqilligi, jamoaviyligi va shaffofligi butun dunyodagi eng
samarali faoliyat ko‘rsatayotgan universitetlarning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurdi. Shu o‘rinda
ta’kidlash joizki, Yevropa universitetlarining Buyuk Xartiyasida (Boloniya, 1988 yil 18 sentabrda
tasdiq etilgan) oliy ta’lim mustaqilligi universitetlarning fundamental tamoyillaridan biri deb tan
olinadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi oliy ta’lim mustaqilligi nima va qanday baholanadi? Umuman
olganda institutsional mustaqillikning uchta asosiy shaklini ajratib ko‘rsatish mumkin: boshqaruv,
akademik va moliyaviy. Shu bilan birga xodimlar shtatlarini shakllantirish erkinligi, ya’ni kadrlar
mustaqilligi universitetning ma’muriy mustaqilligiga singdiriladi. Mazkur tasnif eng avvalo
amerika oliy ta’lim tizimiga nisbatan qo‘llaniladi.
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev boshchiligida xalqimiz bilan birga barpo etilayotgan
yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini boshqaruvida tub islohotlarning debochasi sifatida
universitetlarga akademik va moliyaviy mustaqillikning berilishi quyidagi ijobiy o‘zgarishlarga
asos bo‘ladi:
oliy ta’limga bo‘lgan jamiyat talabining o‘sib borishi va oliy ta’lim tizimida raqobatning
kuchayishimehnat bozorining sifatli kadrlar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.
xususiy oliy ta’lim muassalari bilan davlat sektoridagi oliy ta’lim muassalarining raqobatga
kirishi uchun teng imkoniyatlarning yaratilishiga asos bo‘ladi.
davlat va xususiy sheriklik asosida oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga keng imkoniyatlar
yaratiladi.
erkin raqobat muhitini yaratish orqali oliy ta’lim tizimida sifat ko‘rsatkichlarini oshirishni
rag‘batlantiradi;
davlat
universitetlarida
moliyaviy
resurslarini
oqilona
taqsimlash
tizimi
yaratiladi,natijagayo‘naltirilgan moliyalashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirishni
rag‘batlantirishga xizmat qiladi;45
Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va yangi sifat bosqichiga ko‘tarish bo‘yicha ulkan
ishlar olib bordik. Besh yilda 50 ta yangi oliy ta’lim muassasasini tashkil etdik. Ta’limning
bakalavriat, magistratura va sirtki shakllari uchun kvotalarni oshirib, kechki ta’lim shaklini joriy
kildik. Oliy ta’limga kabul parametrlarini 2,5 marta oshirib, yoshlarimizni oliy ta’lim bilan kamrab
olish darajasini 9 foizdan 28 foizga, sohaga ajratiladigan davlat grantlari sonini 25 foizga etkazdik.
45
https://nuu.uz/ru/o%CA%BCzbekiston-respublik%D0%B0si-prezidenti-sh%D0%B0vk%D0%B0t-
mirziyoev-oliy-o%CA%BCquv-yurtl%D0%B0rig%D0%B0-bosqichm%D0%B0-bosqich-
%D0%B0k%D0%B0demik-v%D0%B0-moliyaviy-must%D0%B0qillik-beril%D0%B0/
|
| |