219
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
orientatsiya, o‘z-o‘zini namoѐn qila olish, hayotiy faoliyatni ma’naviy jihatdan barqaror saqlash
kabi xislatlar shaxsiy funksiyalar sifatida qayd etiladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim doirasida ta’limni tushunish va tashkil etish “birligi” sifatida
o‘quv jaraѐni qaraladi. Bunday “miqѐs” pastdan o‘quv jaraѐni didaktik modelining barcha tarkibiy
qismlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Biroq, bu ta’limni o‘rganish
sub’ektining rivojlanish darajasiga moslashtirishni anglatmaydi,
balki faqat pedagogik
faoliyatning o‘quvchi “tabiati”ga muvofiqligini, o‘quvchi shaxsiyatining ustuvorligini anglatadi.
O‘qitish texnologiyasi – birinchidan, pedagogik texnologiya sifatida jarayonli - harakata
spektini anglatadi. Bu, ta’lim jarayonini o‘zgaruvchan
sharoitlarda, belgilangan vaqt davomida
istiqbollashtirilgan natijalarga kafolatli erishishga va haqiqiy ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga
oshirishni ta’minlovchi usul va vositalarning tartibli birligini o‘zida mujassamlashtiradigan ta’lim
modelini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni bo‘lsa, ikkinchidan, u
maqsadni amalga oshirishda vaistiqbolda belgilangan natijalarga erishish bo‘yicha
pedagogik,
hamda o‘quv faoliyat loyihasini bajarish bayoni hisoblanadi.
Hozirgi paytda ta’lim jarayonining shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalar asosida
tashkil etilishini ta’minlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ta’lim jarayonida boshqacha yondashuvni
talab qiladi. O‘qituvchi o‘quvchiga va fanga nisbatan o‘zining munosabatini o‘zgartirishga to‘g‘ri
keladi.
Bugungi kunda o‘qituvchi faqat bilim berish va amaliy ko‘nikmani
shakllantirish bilan
chegaralanmasdan o‘quvchilarni mustaqil bilim olish, izlanish va qarorlar qabul qilishga o‘rgatishi
kerak.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning nazariy asoslariga quyidagilar kiradi:
- ta’lim oluvchining o‘qitish jarayonidagi o‘rnini belgilash va shaxsni rivojlantirish;
- ta’lim oluvchining kasbiy shakllanishi bo‘yicha me’yoriy talablar qo‘yiladi. Ushbu
me’yorlar Davlat ta’lim standartlarida va ularning talablarida o‘z aksini topadi;
-
ta’lim
jarayonini
tashkil
etishda
pedagogning
ijodiy
qobiliyati
va
mahorati katta ahamiyatga ega;
-
ta’lim
jarayoniga
shaxsga
yo‘naltirilgan
o‘qitish
texnologiyalarni
qo‘llash talab etiladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarida pedagogik ta’sirlar asosan o‘quvchi
shaxsni shakllantirishga qaratiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim mazmunini texnologiyalashtirish
asosan o‘quv va didaktik materiallarni ishlab chiqishni, o‘quvchi shaxsini rivojlanishini nazoratga
olish ishlarini qaytadan ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi. Texnologiyalashtirish o‘quvchiga o‘quv
materialining mazmunini o‘zi tanlashiga o‘z-o‘zini baholashga imkoniyat yaratadi. Shaxsga,
yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarini qo‘llashdan asosiy maqsad an’anaviy odatga kirgan ta’lim
texnologiyasidan voz kechishdir. Ularning o‘rniga yangi pedagogik va psixologik texnologiyalar
joriy etiladi.
Chunki, shaxs “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ning asosiy
komponentlaridan biri
hisoblanadi; shuningdek, kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim
xizmatlarining iste’molchisi va ishlab chiqaruvchisidir. Ta’lim oluvchining shaxsi – butun ta’lim
tizimining maqsadi, uning nufuzli sub’ekti bo‘lib qolmoqda.
Shaxsga
yo‘naltirilgan
ta’lim
sharoitida,
biz
ta’lim
beruvchilar
o‘quv
jarayonida an’anaviy tizim paytidagidan mohiyati kam bo‘lmagan o‘zgacha rol va funksiyasiga
ega bo‘lamiz. Agar, an’anaviy ta’lim paytida, biz bilim sub’ektini va bilimning eng
kompetentli
manbasi bo‘lgan darslik bilan birga nazorat qiluvchi rolida bo‘lsak, ta’limining yangi paradigmasi
paytida esa, ta’lim oluvchilarning mustaqil faol bilish faoliyatining tashkilotchisi, kompetentli
maslahatchi va yordamchisi rolida namoyon bo‘lamiz. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim mazmunini
texnologiyalashtirish asosan o‘quv va didaktik materiallarni ishlab chiqishni, o‘quvchi shaxsining
rivojlanishini nazoratga olish ishlarini qaytadan ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi.