|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 226
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Hozirda dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida tyutorlik xizmatidan foydalaniladi.
Hatto ular Yaponiya, Germaniya, Angliya, Fransiya, Finlandiya, Koreya, Rossiya kabi o‘nlab
mamlakatarda maxsus o‘qitiladi, tyutorlar tahsil yakunida diplom olishadi. Masalan, Germaniya,
Koreya, Rossiya mamlakatlarida pedagog-xodimlar tayyorlash sohasiga ixtisoslashtirilgan
oliygohlarda bakalavr va magistratura bo‘yicha maxsus tyutorlik kurslari mavjud. Sivilizasiya
erishgan yurtlarda tyutorlik markazlari va assosiasiyalar faoliyat yuritishini kuzatishimiz
mumkin.Tyutorning lavozim vazifasi asosida boshqa odam(ta’lim oluvchi)ga o‘qishni samarali va
qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam berish mo‘ljali turadi. Tyutor bu mo‘ljalni ro‘yobga
chiqarish uchun ham butun guruh bilan, ham individual tarzda ishlashi kerak bo‘ladi.Oliy ta’limda
tyutorlar quyidagi lavozim vazifalarini tizimli reja asosida olib boradilar:ma’ruzachi tomonidan
o‘qitilayotgan fanni o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilarga yordam berish va shu orqali dunyoqarashi
endi shakllanayotgan talabani muntazam ilm o‘rganishga odatlantirish;talabaning o‘qishi va
kundalik hayoti o‘rtasida muvozanat o‘rnatilishini ta’minlash;talabalarga vaqtini menejment qilish
masalalarida ta’sir ko‘rsatish;talaba tanlagan soha ilmiga oid qiziqarli, ta’sirli ma’lumotlarga urg‘u
berish, tanlagan sohasi, kasbiga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash;talabaning kuchli taraflarini,
ichki (yashirin) qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish;talabani o‘z kamchiliklari ustida
ishlashga o‘rgatish;talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga ko‘maklash;talabalarni
Vatanga, el-yurtga, milliy qadriyatlarimizga muhabbat ruhida tarbiyalash;talabalarni turli ilmiy
to‘garaklarga jalb etish va h.k.Belgilangan vazifalar tyutorlarimizdan yuksak saviya va muntazam
mehnatni talab etadi.
Respublikamizning boshqa oliygohlarida bo‘lgani kabi Buxoro davlat universitetida ham
maxsus ishchi guruhi tomonidan tanlov asosida saralab olingan tyutorlar o‘z faoliyatlarini
boshladilar. Ularga OTM ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi tomonidan «Tyutorlik faoliyatini
samarali tashkil etishda zamonaviy yondashuvlar» mavzusida amaliy seminar-trening tashkil
etildi. Seminar-treningda tyutorlik imedji, tyutorlik faoliyatini tashkil etishda zamonaviy
yondashuvlar xususida fikr yuritildi, amaliy tavsiyalar berildi. Tyutor har bir talabaga ularning
oliygohdagi tahsili davomida yelkadosh malahatchi, ustoz bo‘lishi zarurligi alohida uqtirildi.
Xalqimiz topib e’tirof etganidek, ota-ona farzandni dunyoga keltiruvchi va unga shu dunyo
moʻjizalarini ko‘rsatuvchi zotlar bo‘lsa, ustoz uni fikran ulug‘likka eltuvchi, komillik sari
yetaklovchi va shu asnoda ikki dunyo saodatidan bahramand etguvchi zotdir. Bugun yurtimizda
ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning zamirida o‘qituvchining, tom ma’noda,
ustoz darajasiga ko‘tarilishi, shu mavqeni doimiy saqlab qolishi, dunyoga bo‘ylasha oladigan
shogirdlar tayyorlashi va buning uchun uning o‘zi ham tinimsiz o‘z ustida ishlashi va, ayni paytda,
davlat, jamiyat hayotida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarning tashabbuskori, targ‘ibotchisi,
amaliyotchisi bo‘lishi zarurligi nazarda tutilmoqda. Zero, bu zalvarli vazifalarni uddalash
mas’uliyati fan o‘qituvchisi bilan teng mavqeda turgan tyutorlarimizga ham tegishlidir.
|
| |