234
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
DAVLAT OLIY TALIM MUASSASALARINING TASHKILIY BOSHQARUV VA
MOLIYAVIY MUSTAQILLIGINI TAMINLASH MASALALARI
Ikromova Gavhar
JDPU Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistranti
Aktam Xolov PhD., dots
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan
tasdiqlangan
O‘zbekiston
Respublikasi
oliy
ta’lim
tizimini
2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash, shuningdek, oliy
ta’lim muassasalarining mustaqilligini kengaytirish, ular faoliyatida davlat ma’muriy boshqaruvini
keskin kamaytirish hamda shu orqali o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga javob
bera oladigan
yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi davlat oliy ta’lim muassasalarini shakllantirish maqsadida49:
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim
muassasalariga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar berilgan
a) akademik mustaqillik sohasida:
o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, malaka talablarini kasbiy
standartlar asosida tasdiqlash,
ta’lim tilini hamda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari xususiyatlarini inobatga olgan holda
ta’lim olish shaklini belgilash;
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun o‘qish davomiyligi
muddatlarini belgilash;
doktoranturada to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymatini belgilash,
budjetdan tashqari
mablag‘lar hisobidan grant ajratish orqali doktoranturaga tanlov asosida kvotaga qo‘shimcha
ravishda qabul qilish;
doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
magistratura bosqichida ta’limning sirtqi, masofaviy va kechki shakllarini joriy etish, ta’lim
yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘sh malakalar, shu jumladan amaliy malakalar berish
tizimini joriy qilish;
o‘zaro kelishuvlar asosida oliy ta’lim muassasalari bilan akademik mobillikni amalga
oshirish;
oliy ta’lim muassasasi va uning tuzilmasidagi ta’lim muassasalari uchun o‘z grifi asosida
darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish
va nashr etish;
ta’lim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini belgilash va joriy etish;
b) tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida:
faoliyatining asosiy yo‘nalishi ta’lim, ilm-fan, uning natijalarini joriy etish hamda
tijoratlashtirish
bilan
bog‘liq
bo‘lgan,
davlat
budjeti
mablag‘lari
hisobidan
moliyalashtirilmaydigan tarkibiy tuzilmalar, tijorat va notijorat
tashkilotlarni tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlardan qat’i nazar muassasaning
tuzilmasini tasdiqlash va shtat birliklari sonini belgilash;
mehnat bozoridagi ehtiyojdan kelib chiqib, yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni
ochish, amaldagi ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklarni
tugatish;
pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotatsiyasiga
oid tartibni belgilash;
xorijiy davlat fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish va masofaviy ta’lim
olish shaklida o‘qitishni tashkil etish.
49 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24.12.2021 yildagi PQ-60-son DAVLAT OLIY TA’LIM
MUASSASALARINING AKADEMIK VA TASHKILIY-BOSHQARUV MUSTAQILLIGINI TA’MINLASH
BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA