|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 242
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
qarorlar qabul qilish, keyinchalik bu qarorlar bajarilishini kompyuter orqali monitoring qilish
masalalarining nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishda imitatsion modelashtirish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Imitatsion modellashtirish - bu tadqiqot usuli bo‘lib, unda o‘rganilayotgan tizim haqiqiy
tizimni yetarlicha aniqlikda tavsiflaydigan model bilan almashtiriladi (tuzilgan model jarayonlarni
haqiqatda bo‘lgani kabi tasvirlaydi), bu bilan tajriba o‘tkazilib, bu haqda ma’lumot olish mumkin.
Model bilan tajriba o‘tkazish taqlid deyiladi (taqlid - bu hodisaning mohiyatini real obyektda
tajribalarga
murojaat
qilmasdan
anglash).
Immitatsion
modellashtirish
matematik
modellashtirishning alohida holatidir. Turli sabablarga ko‘ra analitik modellar ishlab chiqilmagan,
analitik modelni yaratish tubdan imkonsiz bo‘lgan, natijada paydo bo‘lgan modelni hal qilish
usullari ishlab chiqilmagan yoki yechimlari beqaror bo‘lgan obyektlar sinfi mavjud [1].
Boshqa fanlarga nisbatan asosan aniq fanlarga, ya`ni informatika faniga imitatsion
modellashtirishni qo‘llash judayam zarurdir. Chunki o‘quvchiga biror bir masalaning chizmasini
doskada chizib tushuntirgandan ko‘ra, katta monitorda ko‘rsatgan qulay va foydalidir. Shunda
o‘quvchiga masalaning mohiyati tushunarli va qiziqarli bo‘ladi. O‘quvchi real hayotda tasavvur
qila olmaydigan tajribalarni imitatsion modellashtirish orqali kompyuterda bemalol ko‘ra olishi
mumkin.
Ko‘pgina nazariy va amaliy masalalarni yechishda imitatsion modellashtirishdan keng
foydalanilmoqda.
Informatika darslarida turli xil dasturlardan foydalanish mumkin. Turli murakkablik darajasi
yuqori bo‘lgan masalalar har bir talabaning fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga
yordam beradi. Darslarda masalalarni yechishda imitatsion modellardan foydalanish darsning
qiziqarli o‘tishini ta`minlaydi. Axborot texnologiyalaridan, ya`ni slaydlardan foydalanishning
ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida
to‘xtalish, talabalar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat.
Informatika darslarida o‘quv dasturi o‘quvchilar tomonidan yangi materiallarni o‘rganishda,
dastlabki aniqlash va takroriy o‘qitish bosqichlarida qo‘llanilishi mumkin. Shuni ta`kidlash
kerakki, yuqori sinflar uchun repetitorlik bosqichida o‘qituvchi odatda muvaffaqiyatsiz
o‘quvchilar bilan yoki biron bir sababga ko‘ra ko‘rib chiqilayotgan materialdagi bo‘shliqlarga ega
bo‘lganlar bilan ishlashda o‘quv dasturlarini qo‘llaydi. Keyingi o‘n yillikda informatika fanini
o‘qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo‘nalishlarda olib borildi. Bularga
kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o‘rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va
rivojlantirish va boshqalar kiradi [3].
Xulosa qilib aytganda shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi modellashtirish
uslubiyotiga yangi sifat o‘zgarishlari kiritdi. Shaxsiy kompyuterlar yordamida tuzilgan model va
algoritmlar asosida hisob-kitob ishlarini bajarish vositasi sifatidagina qolmadi, balki modellarni
qurish va model yordamida tajribalarni o‘tkazishda muhim o‘rin egalladi.
|
| |