|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 240
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Ushbu sohada ma’lum muammolar yuzaga kelgach, ularni bartaraf etish maqsadida qabul
qilinadigan bitta dastur bilan ta’lim tizimini rivojlantirib bo‘lmaydi. Aksincha, mamlakatda ta’lim
tizimini rivojlantirish uchun, avvalo, milliy va xalqaro ta’lim tizimini muntazam o‘rganib borish,
statistik va analitik tahlillar olib borish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni ilmiy yo‘l
bilan oldindan bashorat qilish zarur. Shuningdek, tizimdagi mavjud muammo va masalalarning
aniq yechimi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish hamda davomli strategik reja, dastur va loyihalarni
amalga oshirish orqali ta’lim tizimini rivojlantirib borish zamon talabidir.
1992 yilda T.Gebler va D.Osbornar yangi davlat boshqaruvi maktabiga asos solishdi. Ushbu
maktab "New Public Management", ya’ni "Yangi davlat ma’murchiligi" deb nomlanadi. Maktab
asoschilari tomonidan bugungi kunda davlatni boshqarishga yangicha va zamonaviy yondashuvlar
ilgari surildi. Bu esa oldingi davlat boshqaruvidan ancha farq qiladi. Mazkur farq olimlar
tomonidan ishlab chiqilgan davlatni samarali boshqarishning 10 ta tamoyilida o‘z aksini topgan.
Ushbu 10 tamoyildan biri boshqaruvda strategik rejalashtirish va prognozlashtirishdan
foydalanishdir. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimini boshqarishda aynan shu
tamoyildan foydalanish muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Xorij tajribasiga nazar soladigan bo‘lsak, ta’lim tizimi rivojlangan ko‘plab ta- raqqiy etgan
davlatlarda mamlakat ta’lim tizimi va fanni rivojlantirish, ta’lim sifati va mazmundorligini oshirish
borasida strategiyalarni ishlab chiqish ta’lim vazirliklaridagi maxsus strategik boshqarma, kengash
yoki ilmiy tadqiqot markazlari zimmasiga yuklatilgan.
Yaponiyada Ta’lim, madaniyat, sport va texnologiyalar vazirligi mavjud. Yaponiyaning
ta’lim va fan tizimining bu qadar rivojlanib borishi hamda uning bilimga asoslangan iqtisodiyotga
o‘tishida aynan ushbu vazirlik uchun "Thik-tank" (aqliy markaz) vazifasini bajaruvchi "Yaponiya
ta’lim kengashi"ning ahamiyati katta hisoblanadi. Chunki mazkur tashkilot yuqorida qayd etilgan
vazirlik uchun 5 ta yo‘nalish bo‘yicha strategiya ishlab chiqadi va uni vazirlik ijro etadi.
Ushbu markaziy ta’lim kengashi Yaponiya Ta’lim, madaniyat, sport va texnologiyalar
vazirligi tomonidan kiritilgan rivojlantirish va uzluksiz ta’lim jabhalariga oid muhim masalalar
yuzasidan tadqiqotlar hamda baholash ishlarini olib boradi, ushbu so‘rovlar bo‘yicha vazirga
takliflarni taqim etadi.
Markaziy ta’lim kengashining umumiy qo‘mitasi quyidagi 5 ta boshqarmadan iborat:
"Ta’lim tizimlari", "Uzluksiz ta’lim", "Boshlangich va o‘rta ta’lim", "Oliy ta’lim" hamda "Sport
va yoshlar" boshqarmalari.
2004 yilda Markaziy ta’lim kengashi tomonidan uchta analitik hisobot tayyorlab topshirildi:
universitetlarga kirish imtihonlari talablari to‘grisida, maktabgacha ta’lim va oliy ta’limni
rivojlantirish to‘g‘risida. Hozirgi kunda ta’limning boshqa dolzarb masalalari bo‘yicha ham
chuqur tadqiqotlar olib borilmoqda. Kolaversa, 2005 yilda Kengashning umumiy qo‘mitasi
huzurida tashkil qilingan Majburiy ta’lim bo‘yicha maxsus ishchi gurux tomonidan majburiy
ta’limning umumiy mukammal shaklini yaratishga oid tadqiqotlar olib borildi, qisqa muddatda bu
maqsadga erishildi. Ta’lim, madaniyat, sport va texnologiyalar vazirligi Markaziy ta’lim kengashi
taqdim etgan xisobot va xujjatlar asosida ta’lim sohasidagi islohotlarni olib boradi.
Xuddi shunday tashkilot AQSH Ta’lim departamenti huzurida tashkil etilgan IES(Istitute of
Education Sciences) - Ilmiy ta’lim instituti bo‘lib, uning direktori tog‘ridan-to‘g‘ri Ta’lim vaziriga
hisobot beradi. Bundan tashqari, institut direktori quyidagi 3 ta davlat ta’lim markazi faoliyatini
muvofiqlashtiradi va boshqaradi, tegishli yo‘riqnomalar berib boradi. Ular Ta’lim tadqiqotlari
bo‘yicha davlat markazi, Ta’lim statistikasi bo‘yicha davlat markazi hamda Ta’lim monitoringi va
mintaqaviy ko‘maklashuv davlat markazidir. Ilmiy ta’lim instituti maktabgacha ta’limdan tortib,
oliy ta’limgacha bo‘lgan o‘qitish tizimi bo‘yicha fundamental bilimlarni takomillashtirish
bo‘yicha sohada umummilliy miyosda yetakchilik qiladi.
|
| |