|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 238
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
ma’naviy targ‘ibot tadbiri dasturi asosida tashkil etiladigan, aniq ma’rifiy maqsadga yo‘naltirilgan
hamda ushbu maqsadni samarasini kafolatlovchi jarayon mazmunidir.
Bugungi globallashuv davrida ma’naviy tahdidlarning kuchayib borayotgan sharoitida
ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot jarayonlarini takomillashtirish, targ‘ibot ishlarini rejalashtirishga
yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga texnologik yondashuv
mazkur jarayonlarni aniq vositalar yordamida samarali olib borish va qo‘yilgan targ‘ibot
maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish natijalarini kafolatlaydi. Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot
ishlarini olib borish texnologiyalari ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijalarga
erishishni ta’minlovchi targ‘ibot jarayonning barcha bosqich, qismlari va vazifalari aniq
belgilangan tizimdir. Akademik Paton ta’biri bilan aytganda, “natija texnologiyaga joriy
qilinsagina jamiyatga xizmat qila boshlaydi”.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish texnologiyalarining nazariy asoslarini ishlab chiqish
dolzarb vazifa bo‘lib, bu ma’naviyat va ma’rifatni olib borishga puxta reja ishlab chiqish va uni
o‘tkazish hamda yakuniga yetkazish jarayoniga katta turtki beradi. Nazariy va amaliy jihatdan
puxta asoslangan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero,
nazariy asoslarga ega bo‘lmasdan, targ‘ibot jarayonlarini olib borish mumkin emas. Ma’naviy-
ma’rifiy ishlar texnologiyalari nazariyasi va uni targ‘ibot jarayonlarida qo‘llash imkoniyatlari va
muammolariga bag‘ishlangan zamonaviy chora-tadbirlar mazkur nazariyani ahamiyatini chuqur
anglab yetish, uni istiqbollarini aniqlash va keng ko‘lamli axborot maydonini egallashga yordam
beradi.
Ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar texnologiyalarida to‘rtta asosiy funksiya amalga oshirilishi
mumkin:
1. Tavsiflash. Mazkur funksiya ma’naviy-ma’rifiy jarayonni amalga oshirishning ahamiyatli
jihatlarini ochib beradi. Bu jarayonda mavzu va muammo ko‘lami tavsiflanadi, uning mazmuni va
mohiyati aniqlashtiriladi.
2. Izohlash. Bu funksiyada mavzu asosida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar
jarayoni yoritiladi, ob’ektlari va sub’ektlari aniqlashtiriladi, targ‘ibot ishlarining turli metodlariga
tayaniladi, uning eng maqbul usulublarini belgilash imkonini beradi.
3. Rejalashtirish. Ushbu funksiya ma’naviy-ma’rifiy jarayonni barcha darajalarda
rejalashtirish, shuningdek, targ‘ibot dasturlarini ijtimoiy amaliyotgan tadbiq etish jarayonini
ifodalaydi.
4. Umumlashtirish. U ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot natijalarini umumlashtirish bosqichi, uni
amaliyotga tadbiq etish etish bilan bog‘liq jarayon natijalarini o‘rganish va tahlil etishni o‘zida
mujassam etadi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda texnologik yondashuvlar qo‘llashda yoshlar
ma’naviy qiyofasi mohiyati, ularnad bag‘rikenglik tuyg‘usini shakllantirish asoslari, tamoyillari
va xususiyatlarini tushuntirish, ma’naviy profilaktika borasidagi ishlarning nazariy qismini
shakllantirish nazarda tutiladi. Olimlarning ta’kidlashicha, “Targ‘ibotchining har bir
o‘tkazayotgan tadbirlari va uning samaradorligi natijasida aholining keng qatlami dunyoqarashida
ijobiy o‘zgarishlar yuz berib, davlatimiz kelajagiga bo‘lgan ishonchi ortishi lozim. Targ‘ibotchi
har bir tadbirda targ‘ibot materiallarini ishtirokchilar ongiga singdirishda albatta
texnologiyalardan foydalanishi tadbir samaradorligi va natijadorligini oshirishdagi asosiy
mexanizm bo‘lib xizmat qiladi”55.
Jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va ma’naviy xavfsizlikni ro‘yobga chiqarish
borasidagi yoshlar o‘rtasida olib boriladigan ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari va mashg‘ulotlarda 1).
Aqliy hujum. 2). Bahs-munozara (debat). 3). Guruhlarga bo‘linib ishlash. 4). Juft bo‘lib ishlash.
5). Zanjir mashqi. 6). Ijodiy ish. 7). Intervyu. 8). Intilish. 9). Interfaol. 10). Yo‘naltirish. 11). Suratli
diktant. 12). Chigil yozdi. 13). Musobaqa-tanlov darslari. 14). Mujassamlashgan darslar. 15).
55
Жаббороф Х., Азимова Ф., Султонов А. Тарғибот тадбирларининг илмий-амалий таъсирчанлигини
ошириш механизмлари (услубий кўрсатма). –Тошкент, “HILOL MEDIA”, 2019. –Б. 8.
|
| |