|
TA'LIM MUASSASALARI RAHBARLARINING AXBOROT BILAN ISHLASHBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам TA'LIM MUASSASALARI RAHBARLARINING AXBOROT BILAN ISHLASH
KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Jumanov Lochinbek Habibulla o‘g‘li
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Ta'lim muassasalari boshqaruvi 1-kurs magistranti
Bugungi kunda ta'lim tizimini modernizasiya qilinishi, uni tarkibiy jhaatdan qayta qurish,
ta'lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi
zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan xolda ta'lim dasturlarini o‘zgartirib, yangilab borishni ko‘zda
tutadi. Ilg‘or texnologiyalarni keng o‘zlashtirilishi, iqtisodiyotdagi ijobiy o‘zgarishlar, chet el
investisiyalari ko‘lamining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlanishi,
shuningdek, uzluksiz ta'limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, o‘quvchilarning
qobilyatlari va imkoniyatlariga muvofik ravishda ta'limga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy
etilishi hamda ta'lim berishning ilg‘or pedagogik zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarni
yaratilishi, ta'lim-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta'minlanishi ta'limni boshqarish tizimini
takomillashtirishga asos bo‘lmoqda. Bu o‘z navbatida ta'lim muassasasi rahbarlari zimmasiga
ta'lim, fan, texnika va texnologiyalarning jahon miqyosidagi yutuklarini, yangiliklarini tatbiq etgan
holda pedagogik jarayonni ilmiy asosda tashkil etish va uni loyihalash yo‘nalishlari, shuningdek,
boshqaruv faoliyatida vujudga kelayotgan noan'anaviy muammolarni ijobiy xal etish borasida turli
yangi vazifalarni yuklaydi. Ta'lim muassasasi rahbarlari boshqaruvning turli xil zamonaviy
usullarini bilishi va ularga asoslanishi, g‘oyalar yunalishini aniqlay olishi, ilgor tajribalarni va fan-
246
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
|
| |