252
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
ALISHER NAVOIY ASARLARIDA NUTQ VA TAFAKKUR MASALALARI
Mamaraximova Nafisa Ibroximovna
JDPU o‘qituvchisi
Notiqlik sanʼati, nutq madaniyati Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», «Hayrat ul-
abror», «Sabʼai sayyor» «Majolis un-nafois», «Muhokamat ul-lug‘atayin» kabi
asarlarida keng
o‘rin olgan. Ushbu asarlarda Alisher Navoiyning o‘zbek (turkiy) va fors tillari mohiyatini yaxshi
bilgan, nozik badiiy didli tilshunos ekanligi namoyon etilgan. Ularda juda ko‘p ibratli fikrlar,
foydali tavsiyalar o‘rin olgan.
Navoiy daho shoir, dono faylasuf, so‘z ustasi sifatida o‘zbek xalqining badiiy kamolotini,
tafakkur teranligini o‘zida mohirona mujassamlantiribgina qolmay, shu bilan birga,
nutqning
muzmunan teran, shaklan rang-barang, badiiy jihatdan go‘zal, mantiqan izchil bo‘lishiga harakat
qilgan va bunga erishgan.
Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» asarida so‘z (til) taʼrifiga maxsus boblar ajratilgan
bo‘lib, unda kishi faoliyatida o‘z o‘rnida ishlatiladigan so‘zning zo‘r taʼsir kuchiga ega ekanligi,
qo‘pol, dag‘al, nojo‘ya so‘zdan inson ozor chekishi haqidagi fikrlar ilgari surilgan.
Mir Alisherning taʼbiriga qaraganda, badiiy so‘zlash qobiliyati zaif bo‘lgan kishilarning
nutqi bemaza, maʼnosi tordir. Alisher Navoiyning «Sabʼai sayyor»ida
bayon etilishicha, so‘z,
yaʼni nutq insonga berilgan shunday neʼmatki, uning latofatini aytib ado etish maholdi [1;5].
Alisher Navoiy doimo har bir kishining so‘zi yumshoq, shirin so‘z bo‘lishiga ahamiyat
bergan.
Alisher Navoiyning «barcha balo tildandur» degan ogohlantirishlari, «odam aʼzolarining
shirini ham, zahari ham til, undan chiqadigan so‘zdir» deb taʼkidlashlari
har bir kishi tilini
bemaʼni, behayo, qo‘pol, tinglovchi diliga ozor beradigan so‘zlardan tiyish zarurligini ko‘rsatadi.
Hazrat Navoiy «Mahbub ul-qulub»da «Tilga eʼtibor - elga eʼtibor», «Yomon tillik andoqkim, el
ko‘ngliga jarohat yetkurur, imkoni bor har bir yaxshilik so‘z orqalidur», - deb yozgan[2;25].
Demak, Alisher Navoiyning taʼkidlashicha, nutq madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi
shirinsuxanlikdir. Xushmuomalalik inson ko‘rkining mezoni, obro‘yining tamal toshi. Alisher
Navoiyning mazkur qarashlaridan bugungi kun ta’lim
tizimida, ayniqsa, bo‘lajak o‘qituvchilar
tayyorlash jarayonida unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Zero, boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi o‘zining xushmuomalaligi, shirinsuxanligi bilan o‘quvchilarning hayotiga ko‘rk
berishi, kayfiyatini ko‘tarishi lozim. Bu fazilatlar o‘qituvchining notiqlikni ulug‘laydigan yuksak
xislatlari bo‘lib, undan o‘chmas xotira qoldiradi.
Shuning uchun ham nutq har bir o‘qituvchi quroli, fikri bo‘lishi bilan birga o‘quvchilarda
aql-zakovat, tafakkur va ongni shakllantiradi. O‘qituvchi teran bilimlar, otashin his-tuyg‘ularni o‘z
o‘quvchilarining nutqida ko‘rishga erishishi lozim. O‘qituvchining vazifasi, bayon etadigan
fikrlarini o‘quvchilar bevosita
qabul qilib olishiga erishish, ko‘nikmalarini rivojlantirish
hisoblanadi. O‘qituvchining tafakkur haqidagi fikrlari o‘quvchilar his-tuyg‘ularini uyg‘otadigan,
diqqat-eʼtiborini Alisher Navoiy ijodiga jalb etishi lozim. Alisher Navoiyning tafakkur haqidagi
fikrlarini tushunarli va ishonarli qilib bayon etish o‘qituvchi muvaffaqiyatining garovidir.
Tafakkur - moddiy va maʼnaviy ishlab chiqarishning samarasi bo‘lishi bilan birga millatning
qalbi hisoblanadi. Shunday ekan, o‘quvchilarda tafakkurni shakllantirishda Alisher Navoiy
asarlarini muttasil va muntazam o‘qib borishni tashkil etish natijasida o‘quvchilarning so‘z
boyligini oshirishiga, tasvirli ifodalarni, badiiy iboralarni ko‘proq egallab olishiga, xalq orasida
keng tarqalgan
adabiy til boyliklarini terib, o‘zlashtirib olishiga katta yordam beradi. Alisher
Navoiyning asarlari o‘quvchini maishiy turmush, ijtimoiy hayot bilan chuqurroq tanishtiradi,
fikrlash miqyosini yanada kengaytiradi, madaniy saviyasini oshiradi, mantiqiy va ijodiy tafakkur
salohiyatini boyitadi [3;92].
Alisher Navoiy asarlarini muntazam o‘qib boradigan oʼqituvchi o‘quvchilari oldida tez-tez
so‘zga chiqib, o‘z nutqida badiiy tasvirlardan o‘rinli
foydalanadi, hayotdagi ayrim voqealarni,