|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 253
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
shaxslarni Alisher Navoiy asarlaridagi qahramonlar bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Natijada uning nutqi jonli, hayotiy, taʼsirli bo‘ladi.
Hazrat Navoiy so‘zning maʼnosi, mazmuni teran, purhikmat bo‘lishi lozimligini zo‘r badiiy
mahorat bilan ifodalagan. Til qanchalik burro, shirin, yoqimli bo‘lsa, notiqning fazilatlari yanada
rivojlanib, takomillashib boradi hamda o‘quvchini ijodiy fikrlashga undaydi
O‘qituvchining nutqi uning asosiy quroli hisoblanadi, chunki o‘qituvchi har qanday
axborotni o‘quvchiga avvalambor, o‘z nutqi asosida yetkazadi. Shunday ekan uning har bir so‘zi
aniq, ravon, tushunarli, o‘tkir, ta’sirchan, ko‘p qirrali bo‘lishi kerak. Bu o‘rinda o‘qituvchilar o‘z
nutqi ustida ishlashda Alisher Navoiy ijodidan keng foydalanishi maqsadga muvofiq. Buning
uchun Navoiy asarlarini, unga oid izohli lug‘atlarni ko‘p o‘qishi, mutolaa qilishi, notanish
so‘zlarni yon daftariga izohi bilan yozib olishi, vaqti-vaqti bilan takrorlab turishi lozim.
O‘qituvchi Alisher Navoiyning nutq haqidagi iboralarini nafaqat bilishi, balki ularni
mohirlik bilan o‘z o‘rnida ishlata olishi, jonli, qiziqarli, ravon, tushunarli, zeriktirmaydigan qilib,
o‘quvchilarga tushuntirishi ham zarur. Shundagina uning mashg‘uloti o‘quvchilarni o‘ziga
qiziqtira oladi, shunda ular vaqt o‘tganini ham, charchaganlarini ham bilmay qoladilar.
O‘qituvchi Alisher Navoiyning asarlarini targ‘ib etuvchi, bunga qiziquvchilarga
murabbiylik, ustozlik qiluvchi kishi hamdir. Shuning uchun ham u o‘z o‘quvchilariga ona tilini
o‘rganish, undan mohirona foydalanishni o‘rgatishi shart. Chunki, o‘quvchi tilni aniq-ravshan
bilib olishi natijasida tafakkuri, bilimlari, his-tuyg‘ulari shakllanib boradi. Buning natijasida
o‘quvchi o‘z fikrini nutq orqali erkin ifodalaydi.
Shunday ekan, darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning nutq
madaniyatini shakllantirish hamda Alisher Navoiy asarlarini o‘rgatish uchun quyidagilarni amalga
oshirish maqsadga muvofiqdir:
1.
O‘quvchilarni til va tafakkur dunyosining buyuk namoyandasi Alisher Navoiy
hazratlari hayoti va faoliyati bilan tanishtirish;
2.
O‘quvchilarga Alisher Navoiy ijodi haqida maʼlumot berish;
3.
Alisher Navoiy hikmatlarini va undagi til, so‘z, nutq, axloq-odob masalalarini
o‘quvchilarga tushuntirishni amalga oshirish. Alisher Navoiy hikmatlarini ifodali o‘qish
jarayonida o‘quvchilar diqqatini shoirning nutqqa bo‘lgan munosabatini ko‘rsatish va insonni
kamolotga yetkazishdagi tarbiyaviy ahamiyatiga eʼtibor berish;
4.
Alisher Navoiy hikmatlari bo‘yicha Vatan, vatanparvarlik, imon, insonparvarlik,
do‘stlik, vijdon kabi mavzuda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga insholar yozish kabi mustaqil
ijodiy ishlar topshirish;
5.
Alisher Navoiy hikmatlarini ifodali o‘qish, uning mazmuni va bugungi kundagi
tarbiyaviy ahamiyatini o‘quvchilarga tushuntirish;
6.
Alisher Navoiy ijodini, hayoti va faoliyatini, hikmatlarini aks ettiruvchi
ko‘rgazmali qurollardan foydalanish;
7.
Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid adabiy kechalar, sinfdan tashqari tadbirlar,
mushoiralar o‘tkazish;
8.
Alisher Navoiyning shogirdlariga, ilm ahliga bo‘lgan mehr-muhabbati haqida
o‘quvchilarga to‘liq tushuncha berish [4;50].
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim – tarbiya berish jarayonida hazrat Alisher Navoiy
asarlari va hayot yo‘lidagi ibratli ishlari orqali nutq tafakkurni oshirishda foydalanish ijobiy
samara beradi. Shu bilan birgalikda har bir o‘qituvchi pedagogik faoliyat yuritar ekan, berayotgan
taʼlim-tarbiyasining yanada samarali bo‘lishi uchun o‘z ustida muttasil ishlashi, bilimini,
mahoratini o‘stirishi, o‘quvchilar bilan bo‘ladigan munosabatlarni puxta o‘ylab, ularning
ko‘ngliga ozor yetkazmasdan ish olib borishi lozim. Muomala madaniyati, o‘zini tuta bilishini
nazorat qilishi kerak.
|
| |