256
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
4.
Raximova D.M. Muammoli-izlanish, og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarning
o‘zaro bog‘liqligi. Boshlang‘ich ta’limni modernizatishyalash: muammo va yechimlar Respublika
ilmiy-amaliy anjuman materiallari, Toshkent, 2011, 26-27 noyabr, 252 bet
OLIY TA’LIMDA TO‘GARAKLAR FAOLIYATINI TASHKIL QILISH
Eshonqulova
Dilfuza Habibullayevna
JDPU Ta’lim muassasalarining boshqaruvi yo‘nalishi
2-bosqich magistranti
Bizga ma’lumki joriy yilda ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, ertangi kunimizning munosib
davomchilari bo‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu bois biz o‘quvchilarning bilim olishiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularning iqtidor
va qobilyatini o‘z vaqtida aniqlash, fanlar kesimida to‘garaklar faoliyatini rivojlantirish hamda
o‘quvchilarda yuzaga kelgan bo‘shliqlarni to‘ldirish, kasb-hunarga yo‘naltirish
kabi faoliyatini
olib bormoqda. Bu ishlarni sifatli amalga oshirish va yoshlarimizni fan to‘garaklariga qiziqtirish
uchun qiziqarli to‘garaklar tashkil etmog‘imiz zarur deb o‘ylayman. Buning uchun eng avvalo
quyidan yani maktablardan boshlamog‘imiz kerak. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ijodiy
to‘garaklar faoliyati qanday yo‘ga qo‘yilishi kerak degan savol ko‘pchilik oldida turgan dolzarb
savollardan biri hisoblanadi. Fan to‘garaklarini to‘g‘ri tashkil qilish va ularga o‘quvchilarni
ko‘proq jalb qilish uchun yaxshi mutaxasis to‘garakda ish olib borishi kerak. Ma`lumki bu uch
to‘garak ham o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, adabiyotdan yanada ko‘proq ma`lumot
olishini, o‘z
ustida ishlashni, ijodga ilxomlantirish uchun xizmat qiladi. Shu sababdan mazkur
to‘garaklarning maqsad va vazifalari nuqtada birlashadi.
To‘garakda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan yangiliklar bilan tanishadilar. Ularni qiziqarli,
jonli bo‘lishiga harakat qilish kerak. To‘garak a`zolarining saviya va yoshlarini albatta e`tiborga
olib reja to‘ziladi va har bir to‘garak rahbari shu to‘garakning xususiyatini aniqlagan holda ish
yuritadi.
Buning uchun pedagogika oliygohlarimiz sifatli kadrlarni tayyorlab yetkazib berishi kerak
va zarurdir. Pedagogika oliygohining oldidagi eng dolzarb vazifa bo‘lajak mutaxassislarni
umumiy o‘rta ta’limda maktab o‘quvchilarining ijodiy pedagogik
faoliyatiga muvafaqiyatli
rahbarlik qilishga tayyorlash, talabalarga to‘garak ishlarini tashkil etish tartibini, ularni o‘tkazish
metodlarini, shakllari , to‘garak raxbarining o‘quv yiliga va mashg‘ulotga tayyorgarlik yo‘llarini
o‘rgatishdan iborat. To‘garak rahbari umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi o‘quvchilar qobilyatlarini
o‘rgangan holda to‘garaklarga jalb etish, to‘garak xonalarini jihozlash, zamonaviy metodlardan
samarali foydalana olish zarur. Ta’lim jarayonida ta’labaga berilayotgan bilim, ko‘nikma va
malakalar chuqurroq, puxtaroq o‘zlashtirilishi uchun pedagogika
va axborot texnologiyalari
vositalari: muammoli ma’ruzalar, tarqatma materiallar, slaydlar,
multimediya, electron
darsliklardan foydalanish maqsadga muvofiq. To‘garak rahbari fanni o‘zlashtirish jarayonida
o‘quvchilar
bilan indiudal ishlashi, turli xil kuzatish metodlari o‘rqali ularning qiziqishlarini
aniqlab olishi zarurdir. O‘quvchilar to‘garakda olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi,
o‘zlashtirgan nazariy bilimlar asosida malaka hosil qilishi zarurdir. O‘quvchilar to‘garakdagi
berilayotgan bilimlar chuqur va puxta bo‘lishi uchun to‘garakdagi jarayonlar faqat nazariy
bo‘lmasdan amalyotga bog‘lansa o‘quvchilarni qiziqtirish oson bo‘ladi va sifat samaradorligi ham
oshadi. Masalan deylik: Ingliz tili to‘garagi faqat yozib-chizib
nazariy bilim bermasdan, Jizzax
shahridagi mehmonxonalarga borib u yerga kelgan chet ellik mehmonlar bilan muloqot o‘rnatish
yoki fizika to‘garagida xavfzizlik qoidalariga rioya qilgan holda elektr simlari bilan ishlash. Ularni
hech bo‘lmaganda kelajakda elektr simlari uzilganda bir-biriga ulashni o‘rganadiku. Tadqiqotlarda
qatnashgan har qanday o‘quvchining ham qiziqishi ortadi ham shu o‘rgangan bilimi kelajak
hayotida o‘ziga as qotadi. Asl maqsad nima o‘zi? Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimizni har