263
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli
Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda
2.
Azizxo‘jaeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. O‘quv
qo‘llanma.-T.: 2006, 159 bet.
3.
Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. - T.: Cho‘lpon,
2005.
4.
Mirzajanov D. Seminar-praktikum shaklida dars mashg‘ulotlarini loyihalash//
TA’LIM TEXNOLOGIYALARI, 2006 yil. 4-son.
O‘ZBEKISTONDA YOSHLARNING GLOBALLASHUV JARAYONIDA
IJTIMOIYLASHUV MASALALARI
Nazarov Toshpo‘lat Boshbek o‘g‘li
Maktab menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi, JDPU
Qo‘yboqova Mehriniso Zokirjon qizi
Maktab menejmenti ta’lim yo‘nalishi 1-kurs
talabasi, JDPU
Qadimdan bilim beruvchi maskanlar muqaddas hisoblangan.Biroq, bugungi kunga kelib
bilim beruvchi maskanlarning yoshlarimiz o‘rtasida qiymati hamda muqaddasligi biroz
pasaygandek.Bugun bunday so‘zlarni aytishimizga yetarlicha asosimiz bor.Eng avvalo, ta'lim
tizimini tubdan o‘zgartirishimiz uchun yoshlarimiz ongida ta'lim maskanlariga nisbatan hurmatni
hamda muqaddas joy hissini uyg‘otishimiz darkor.
Barchamiz
yaxshi bilgan, bugungi kunda jahon mamlakatlari ichida ta'lim sifati
bo‘yicha eng oldi o‘rinlarda turuvchi Yaponiyaning bunday darajaga erishishining asosiy sababi -
ularning yosh avlodlarining ongida "maktab-muvoffaqiyatlilik va farovonlik timsoli", degan
tamoyilni ilgari surganliklaridandir. Bolalar bog‘chadan maktabga suhbat asosida qabul qilinadi.
Fikrimcha, bolalarga "bug‘doy rangi qanday?","yoshing nechida?","daraxtda nima o‘sadi?”, degan
savollarni
bermasdan ularga eng avvalo, “maktab nima?”, deya savol berish kerak.Vaholangki,
bugungi kun zamonamiz bolalari yuqoridagi savollarning javobini telefon orqali allaqachonlardir
bilib, fahmlab bo‘lishgan. Keyingi masala maktablarning jihozlanishi bilan bog‘liq.Yaqin
kunlarda barchamiz ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni guvohi bo‘ldik, va bundan hayratldik.
Hayratlanarlisi
shundaki, bir ayol karidorda devorlarga chizilgan barmoqlar ustidan barmoqlarini
qo‘yib barmoqlarini mashq qildira boshladi.So‘ngra karidorning pollaridagi oyoq izlaridan yurib
endi oyoqlarini chigilini yoza boshladi.Karidor har xil odamni chigilini yozuvchi kichik-kichik
mashq qiluvchi vositalar bilan bezatilgandi. Keyin bilsak, u ayol o‘qituvchi, karidor bo‘lsa
maktabning karidori ekan. Bu Yevropa maktablaridan biri edi.Xulosam shundaki, biz ham
maktablarimizning boshlang‘ich sinf o‘qituchilari karidorlarga shunday mashq qildiruvchi kichik-
kichik materiallarni joylashtirsa, bolalar uchun bu ancha yaxshi natijalarni olib kelishi mumkin.
Jahon mamlakatlarining ko‘plab maktablarida o‘quvchilari maktab davridan boshlab o‘z
sohalari bo‘yicha ta'lim olishadi va o‘zlari o‘qigan sohalari bo‘yicha
universitetlarga qabul
qilinishadi. Bu esa mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan biri desak
adashmaymiz.
Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli,
salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi
karantin kunlarida ham
oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda,
ularning barcha huquq va
erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan
hamnafas takomillashib bormoqda. Zero, masofaviy taʼlim, onlayn rejimida uzluksiz tashkil
etilgan holda yoshlarning bilim olish huquqini taʼlimda taʼminlaganining oʻzi Oʻzbekistonning