|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 264
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
bugun yoshlarga berayotgan taʼlim-tarbiya va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, eʼtiborning amaliy
ifodasidir. Axir, yurtimiz baxtiyor yoshlar mamlakati boʻlib, mamlakatimiz aholisining qariyb 64
foizini yoshlar, yaʼni 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etadi. Albatta bu, davlatimiz zimmasiga
ulkan masʼuliyat yuklashini koʻz oldimizga keltirsak, juda katta eʼtibor, gʻamxoʻrlikni talab etadi,
ikkinchi tomondan yoshlarimizga koʻrsatiladigan eʼtibor, ertaga ulkan yutuq va natijalarini ham
beradi. Chunki hozir Oʻzbekiston mehnat resurslarining yarmidan koʻpi yoshlardir68. Kelgusida
har uchinchi rahbar ham yoshlardan boʻladi. Shu bois ham, yoshlar barcha davrlarda jamiyatning
faol qatlami sifatida eʼtirof etib kelingan.
Sharq Uygʻonish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida
yoshlarning oʻrni beqiyos boʻlgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy
yoʻnaltirib va qoʻllab-quvvatlab turishni talab etadi... Bu esa, davlat tomonidan yoshlarning
mamlakat manfaatlari yoʻlida erkin ijtimoiylashuvi va oʻzini samarali namoyon etishi uchun
maqbul sharoit va imkoniyat yaratish hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-
tadbirlar tizimi yoshlarga oid davlat siyosatini anglatadi. Shu bois, mamlakatimizda eng katta
eʼtibor mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor,shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan boʻlib, bu
vazifa Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yana-
da rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son69, 2017-yil 5-
iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-son70, 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy
oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PF-5313-son farmonlari, shuningdek, koʻplab qaror va yoshlarga oid boshqa qonun
hujjatlarida belgilangan. Ayniqsa, bu borada “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi
Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qoʻllab-
quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini yaratish sohasidagi yangilik boʻldi desak mubolagʻa
boʻlmaydi.Maʼlumki, mazkur qonun 4 bob, 33 moddadan iborat boʻlib, davlat tomonidan amalga
oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va
boshqa salohiyatlarini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan. Unda
belgilangan normalar yoshlar huquq va erkinliklarini taʼminlangan. Aynan ertangi kunimiz unib-
oʻsib kelayotgan yoshlarning idroki, dunyoqarashi, bilimi va hunariga bevosita bogʻliq boʻladi.
Yoshlarning bilim olish istagini hamisha birinchi galdagi vazifa sifatida qaralishi muhimdir.
, 2020/2021 oʻquv yili bakalavr darajasiga 145 mingdan ortiq, yaʼni oʻquv yiliga nisbatan 15,6
foizga koʻproq talaba qabul qilish koʻzlanmoqda, bu yilgi yaʼni 2020/21 oʻquv yili uchun
OTMlarga qabulda 8694ta imtiyozli grant kvotasi ajratilgani ham diqqatga sazovordir. Imtiyozli
kvotalar 7 xil toifadagi abituriyentlarga berilmoqda.. Yangi oʻquv yilidan boshlab Mahalla va
oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega boʻlgan qizlar uchun
kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha tasdiqlangan davlat grantlariga nisbatan 4 foiz miqdorda alohida
grant oʻrinlari ajratiladi. Shuningdek, 2020/2021 oʻquv yilida “Matematika” va “Tabiiy fanlar”
taʼlim sohalari boʻyicha magistratura mutaxassislari uchun davlat buyurtmasi parametrlari toʻliq
davlat granti asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, Soʻx tumanida istiqomat qiluvchi umumiy
oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilariga OTMlarga kirish uchun
alohida 500ta davlat granti kvotasi ajratilgani ham xushxabardir. Har tugul davlat oliy taʼlim
muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish, shuningdek, bakalavriat taʼlim
yoʻnalishlariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga
68
Yangi O’zbekistonning kelajak yoshlari 2020 yil 29-iyun
69
Sh.Mirziyoyev“Oʻzbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi
toʻgʻrisida”gi PF-4947-son
69
,
70
2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-son
70
,
|
| |