|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 270
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
organ tomonidan qabul qilinadi va shu axborot asosida u boshqaruvchi axborotni ishlab chiqadi.
Shundan keyin axborot boshqariluvchi ob`ektga ta`sir o‘tkazadigan boshqaruvchi tizimning ijroya
organiga yuboriladi va bajarilishi nazoratga olinadi.
Shunday qilib, boshqaruv tizimida axborotni uzatish, olish, qayta ishlash va berish jarayon
amalgam oshiriladi.
Boshqarishda foydalaniladigan va bajarilishi uchun uzatiladigan axborotlarga quyidagi
talablar qo‘yiladi;
Ishonchlilik;
Tushunarli, bir ma`nolilik;
Tezkorlik;
To‘liqlik;
Tejamlilik;
Hozirgi davrda rahbar boshqaruv ishlarida tashabbus va omilkorlik ko‘rsatishi, tezkorlik
bilan ish olib borishi, vaziyat o‘zgarishni o‘z vaqtida payqab olish, resurslar bilan manevr qila
olishi, har bir konkret sharoitda maqbul qilishi zarur. Buning uchun rahbar ishonchli va mazmunli
axborot olib turishi lozim. Ortiqha, befoyda axborot rahbar ishini qiyinlashtiradi, ortiqcha mehnat
va vaqt sarflashga olib keladi.
Axborot tushunarli bo‘lishi kerak, aks holda o‘z vaqtida qaror qabul qilishga putur etkazadi.
Axborotni o‘z vaqtida kelishi va o‘z vaqtida bajariluvchilarga yuborilishi, ya`ni tezkorligi ham
juda muhim vaziyatlarga to‘g‘ri baho berish va aniq qaror qabul qilishi uchun boshqaruv organiga
axborot to‘liq berilishi maqsadga muvofiqdir va nihoyat boshqarish organlari ma`lumotlar qabul
qiluvchi texnika vositalari (modem, kompyuter) bilan qanchalik mukammal ta`minlangan bo‘lsa,
rahbarga ortiqcha befoyda ma`lumotlar shunchalik kam kelib tushadi. Bu esa o‘z navbatida
axborot oqimidagi tejamkorlikni ta`minlaydi. Rahbarlar qilayotgan hamma ishlar axborotlarning
samarali almashishini talab qiladi.
Kommunikatsiya- bu kishilar o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashinuvidir. Yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan kommunikatsiya ish muvaffaqiyatini ta`minlaydi. Har bir rahbarning uslubi ko‘p
jihatdan qaror qabul qilish uchun zarur va yetarli axborotni olish va undan foydalanishda uning
shaxsiy ishlash uslubi bilan belgilanadi.
Rahbar o‘ziga axborot tayyorlovchi xodimlar mehnatini tashkil eta bilishi, ulardan
omilkorlik bilan foydalanishi kerak. Noto‘g‘ri, past qiymatli axborot tufayli yomon boshqaruv
qarori qabul qilishdan ehtiyot bo‘lishi, eng muhimi unga kelayotgan axborotlarni saralab olishi
kerak. Funksional xizmat xodimlari, yordamchilar, referentlar rahbarga eng zarur axborotlarni
tekshirib berishi maqsadga muvofiqdir. Umuman har bir rahbar 50dan 90 foizgacha vaqtini
kommunikatsiyaga sarflaydi. Shu sababli, shni tasdiqlash mumkinki, menejer faoliyatining
samaradorligi eng avvalo kommunikatsiya samaradorligiga, yani:
Kishilar bilan yakkama-yakka suhbat olib borish qobiliyati;
Telefonda so‘zlashuv qobiliyati;
Rasmiy hujjatlarni tuzish va o‘qiy olish qobiliyati;
Majlislarda qatnashish madaniyati kabilarga bog‘liq.
Boshqarishda foydalaniladigan axborotlarning eng muhim shakli- bu yozma, ya`ni hujjatdir.
Hujjatli axborotsiz ishlab chiqarishni bajarishning bironta ham funksiyasi muvaffaqiyatli amalgam
oshnmaydi. Barcha boshqarish xodimlari yoki bu tarzda hujjatli axborotni qayta ishlashda band
bo‘ladilar. Mutaxassislarning anchagina qimi uchun esa bu ish ular mehnatining asosiy mazmunini
avtomatlashtirish orqali hujjatli axborotlarni qayta ishlash bo‘yicha yagona axborot tizimini
yaratish imkonini beradi. Kompyuter inqilobi hozirga kelib barcha boshqarish va nazorat ishlarini
avtomatlashtirish imkonini berib, nazorat bo‘yicha tezda qarorlar qabul qilish va uzilishlarni
bartaraf qilishda ahamiyat kasb etmoqda, ammo boshqarishda asosiy omil hamon “Inson omili”
bo‘lib qolmoqda, chunki barcha ma`lumotlar orqali oxiri qarorni qabulm qilish inson orqali amalga
oshiriladi.
|
| |