Jizzax davlat pedagogika universiteti




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/568
Sana18.01.2024
Hajmi7 Mb.
#140135
TuriСборник
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   568
Bog'liq
ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

 
 
 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
Faqatgina kitobshunoslik va “insonshunoslik” bo‘yicha o‘ta maxsus ishlarda, masalan 
psixikaning rivojlanishi, kitob falsafasi muammolari va san’atning ijtimoiy roli muammolarini 
o‘rganuvchi fundamental tadqiqotlarda mazkur holatda barchasi murakkabroq ekanligi to‘g‘risida 
guvohlik beruvchi mulohazalar uchraydi va dalillar ta’kidlanadi. Masalan, L.Y.Bojovich va 
L.V.Blagonadejina muharrirligi ostidagi bolalar va o‘smirlarning motivatsion sohalarining 
eksperimantal tadqiqotlariga bag‘ishlangan to‘plamda: “Yangi ehtiyojning tug‘ilishi avtomatik 
ravishda amalga oshmaydi... Masalan, bola yaxshi o‘qishni o‘rganib olishi, ko‘pgina badiiy 
asarlarni bilishi va o‘qishga ham, o‘zining bilimlarini boyitishga ham ehtiyoj his qilmasligi 
mumkinligi”ni uchratamiz [2;14]. Bu psixologlar tomonidan ta’kidlangan o‘ziga xos hodisadir.
Insonning kitob bilan o‘zaro munosabati jarayonining murakkabligi to‘g‘risidagi fikr 
V.N.Lyaxov tomonidan yanada yaqqol ifodalangan. “Kitob – ulkan miqyosdagi ijtimoiy 
faoliyatning mahsuli – deb yozadi u. – Insonning kitob bilan aloqasi ko‘p qirrali va murakkab.... 
Insonning kitob bilan muloqotida ong va ong ostining shunday chuqur qatlamlari jalb etiladiki, 
shunday murakkablikdagi aloqa va bog‘liqliklar yuzaga keladiki, ularning tahlili hamon fan 
tomonidan o‘rganilmagan” [3;127]. 
Kitobga muhabbat va mustaqil o‘qishga qiziqishning mohiyati to‘g‘risidagi ziddiyatli 
fikrlarni qiyoslashni erta va eng so‘nggi tadqiqotlarga murojaat etib davom ettirish ham mumkin, 
ammo ular kitobni inson hayotiga kiritish muammosi o‘rganilayotganida barchasi qanchalik 
“oson” va barchasi qanchalik “murakkab” ekanligi to‘g‘risidagi xulosa uchun mavjud asosga hech 
nima qo‘shimcha qilmaydi. 
Shu bilan birga, avval ta’kidlanganidek, osonlik illyuziyalidir, bo‘lmasa muammo mavjud 
bo‘lmas edi. Murakkablik esa, bizning nuqtai nazarimizdan, zamonaviy fan “insonni 
o‘rganishning barcha mumkin bo‘lgan jihatlarini qamrab oluvchi, ammo shubhasiz uni yaratish 
yo‘lida bo‘lgan” [4;252] hali yagona va umumiy nazariyaga ega emasligi bilan tushuntiriladi. 
Albatta, pedagogika insonni (jumladan, bolani) umuman tarbiya predmeti sifatida o‘rganadi, 
ammo uning asosiy maqsadini amalga oshirishning imkoniyatlari hali yetarli kuzatilmagan: har 
bir ma’lum vaziyatda – faoliyati nafaqat o‘rganilishi, baholanishi, qayta o‘zgartirilishi kerak 
bo‘lgan ob’ektlarga, balki o‘ziga va o‘zi kabilar bilan optimal muloqotga yo‘naltirilgan shaxsni, 
individuallikni shakllantirish. 
Ijtimoiy sub’ekt sifatida inson xulqini tartibga soluvchi, bolaning faoliyati boshqarishga 
imkon beruvchi tuzilma, mexanizm va omillarni belgilovchi qonuniyatlar ko‘pincha hamon 
pedagogikadan tashqarida – psixologiya va fiziologiya, biofizika, bioximiya va xulq-atvor 
genetikasi kabi fanlar sohasida qolmoqda hamda bu qator hollarda pedagoglarni ilmiy dalillar va 
isbotlarga emas, balki bolalar ta’limi va tarbiyasini empirik darajada, intuitiv taxminlarga tayanib 
qurishga majbur etadi. Bundan “bola-kitob-jamiyat” muammosini o‘rganishdagi qo‘shimcha 
qiyinchiliklarni tug‘diradi. 
O‘quvchilarda mustaqil kitobxonlikni shakllantirishga bag‘ishlangan tadqiqotda kitob bizni 
“ijtimoiy inson”ni tarbiyalash va o‘z-o‘zini tarbiyalash vositasi sifatida qiziqtiradi, chunki u 
ma’lumotga ega kitobxonga so‘z san’ati orqali psixikasi va insonlar xulqining nozik qirralarini 
ochadi hamda shu tariqa boshqa insonlar hamda o‘z-o‘zining haqiqiy qadriyatini anglaydi. 
Ammo mazkur qurolni egallash uchun, o‘quvchi pedagogning rahbarligida uning kitob 
sifatida o‘rganishi, uni kitobxonga aynan o‘zi singari kitobxon bilan tanlangan muloqot qilish 
cheksiz to‘siqsiz imkoniyatini ochuvchi alohida faoliyat obyekti sifatida o‘zlashtirishi kerak. 
Demak, yetti yoshdagi bola – bu individual shaxs bo‘lganligi sababli, kitoblarni muloqot vositasi 
sifatida o‘rganish, insoniyat tomonidan tarixiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan tajribaga ega 
bo‘lish imkoniyati sifatida kitobxonlik faoliyatini o‘zlashtirish, mazkur faoliyatni intellektual 
qobiliyatga aylantirish va muloqotning tanlovga asoslanganligi maqsadida kitobga ehtiyojni 
shakllantirish – bularning barchasi ta’lim bilan belgilangan va bizni qiziqtiruvchi mustaqil 
kitobxonlik sifatini shakllantiruvchi kitobxonlik tayyorgarligining pog‘onalaridir. Ammo ular 
buning yakuniy natijalarini va agar ularning tashkiliy komponentlari hisoblansa, ular bir-biri bilan 
qanday bog‘langan? 



Download 7 Mb.
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   568




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish