|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 277
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
To‘g‘ri kitobxonlik faoliyati modelini tasavvur qilish va tahlil qilishda modellashtirishning
nazariy-bilishga oid hamda metodologik funksiyalarini tushuntirishlariga ega bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Sodiqova O. Bolalar psixologiyasi. – T.: Noshir, 2013. – 11bet
2.
Babanskiy Yu.K. Optimizatsiya protsessa obucheniya. M.: Prosveщeniye, 1968.
14 st.
3.
Farberman B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.: “Fan” nashriyoti, 2000-y. –
127 bet
4.
Raximova D.M. Muammoli-izlanish, og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarning
o‘zaro bog‘liqligi. Boshlang‘ich ta’limni modernizatishyalash: muammo va yechimlar Respublika
ilmiy-amaliy anjuman materiallari, Toshkent, 2011, 26-27 noyabr, 252 bet
ILM-MA'RIFAT VA AXLOQ TO‘G‘RISIDAGI FIKRLAR JALOLIDDIN DAVONIY
ASARLARIDA
Soibnazarova M.N.
JDPU Umumiy pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi
Jaloliddin Muhammad Ibn Asad as-Siddiqiy al-Davoniy Eronning Kazarun viloyatidagi
Davon qishlog‘ida 1427 yilda dunyoga kelgan.Jaloliddin Davoniy boshlang‘ich ma'lumotni
qishlog‘ida olgach, Sherozga keladi va u yerda madrasada tahsil ko‘radi. Madrasada u musulmon
qonunshunosligi (fiqih) bilan maxsus shug‘ullanadi hamda ilm-fan sirlarini mashhur odamlardan
o‘rgana boshlaydi.Uning otasi Sa'diddin ham o‘z zamonining fozil kishilaridan bo‘lib, o‘g‘lining
ham ilm-fanni chuqur egallashiga yordam beradi. Madrasani tamomlagach, Davoniyning ilmiy
qobiliyatidan xabardor bo‘lgan eron hukmdori Sulton Yoqub Oq qo‘yinli tomonidan Sheroz
shahriga qozi etib tayinlanadi. U madrasada ham mudarrislik, ham qozilik vazifalari bilan
shug`ullana boshlaydi.
Davoniy faqat o‘z yurtida emas, balki o‘zga mamlakatlarda ham shuhrat qozonadi. Turli
shaharlardan talabalar kelib, unda tahsil oladilar va ular orasidan ham yetuk fozilu fuzalolar
yetishib chiqadi.Davoniy keyinchalik Eron, Iroq, Hindistonda, Koshon, G‘ilon, Tabriz, Hirot
shaharlarida sayohatlarda bo‘lib, ko‘plab olimlar bilan hamsuhbat bo‘lib, o‘zining bilimi,
dunyoqarashini yanada boyitgan. Davoniy umrining oxirgi yillarini o‘z qishlog‘ida o‘tkazgan.
Olim 1502 yilda vafot etgan.
Kazarun yaqinidagi qishlog‘i Davonga dafn etilgan. Davoniy o‘z davrining ilm-fan
taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan qomusiy olim. Uning yirik olim bo‘lib yetishishida Samarqand,
Hirot ilmiy muhitining ham katta ta'siri bo‘lgan. Chunki, ilm-fan XIV-XV asrlarda xuddi ana shu
ikki yirik fan va madaniyat markazida taraqqiy etgan. Davoniy bu ikki shahar ilm ahllari,
shuningdek, Vizantiya, Ozarbayjon, Qirmon, Hurmuz, Tabariston, Xuroson va Jurjon olimlari
bilan uzviy
aloqada bo‘lgan. Ayniqsa, Hirotda bo‘lganda mashhur shoir va mutafakkir Abdurahmon
Jomiy bilan uchrashgan va keyinchalik u yerdan ketganidan so‘ng ham alloma bilan xat yozishib
turgan.
Demak, Davoniyning yetuk olim bo‘lib yetishishida Yaqin va O‘rta SHarq
Movarounnahrdagi yetuk olimlar bilan hamkorlik qilishi muhim omil bo‘lgan Davoniyning
madrasadagi uzoq vaqt mudarrislik faoliyati uning ta'lim-tarbiya to‘g‘risida o‘z qarashlariga ega
ekanligini ko‘rsatadi.
H.Aliqulov tadqiqotlarida keltirilishicha, Davoniyning hayoti va faoliyati, ilmiy-pedagogik
merosini Sharq va G‘arb olimlari Xondamirning «Habib us-siyar» kitobiga tayangan holda tadqiq
etganlar. Samarqandlik olim Abu Tohir Xo‘janing «Axloqi Muzaffariy», SHamsiddin Somiyning
|
| |