|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATIBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Toshpo‘latov, I., & Usmonova, M. (2017). PEDAGOGICAL PROCESS,
PECULIARITIES OF PEDAGOGICAL PROCESS, PRINCIPLES OF ITS ORGANIZATION.
Teoriya i praktika sovremennoy nauki, (5), 1130-1133
2.
Ismoilovich, I. A. THE PLACE OF THE HISTORY OF MUSIC IN THE
CULTURE OF THE NATION
3.
Bulturbayevich, M. B., & Jurayevich, M. B. (2020). The impact of the digital
economy on economic growth. International Journal of Business, Law, and Education, 1(1), 4-7.
ALISHER NAVOIY ASARLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI
Rashidova G.G‘.
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Psixologiya fakulteti
“Oila psixologiya” kafedra dotsenti v.b
Soyimnazarov Navro‘zbek Baxtiyor o‘g‘li
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Psixologiya fakulteti talabasi
O‘tmishdagi buyuk mutafakkirlarning dono fikrlari, o‘gitlari, tafakkur mevalari, ijodiy
yutuqlarini o‘rganish xalqimizning ma’naviy dunyosini kengaytirish bilan bir qatorda, yosh
avlodning barkamol inson bo‘lib yetishishida muhim vositalardan biri sanaladi. Shu nuqtayi
nazardan qaraganda, Sharq mutafakkirlaridan biri, o‘zbek adabiyotining zabardast siymosi, komil
inson kuylovchisi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosini o‘rganish, undan ta’lim-tarbiya
jarayonida foydalanish har bir pedagogning vazifasi hisoblanadi.
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni
tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning
g‘ururi, sha’n –u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z sa’natkoridir. Ulug‘ shoir
o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa
qo‘shdi, umuminsoniy fazilatlar to‘g‘risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir.
Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar
yakqalam qilindi, millat ma'naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Mustaqil
O‘zbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Respublikadagi eng yirik
|
| |