|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 291
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
bolalarning maktabgacha bo‘lgan davri rivojlanishi, idrok, ong va xulq-atvor, kognitiv va
ijtimoiy psixologiya sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va ommalashtirish;
psixologik ma’rifat va maslahat berish faoliyatini tizimli tashkil etish, uning uzluksiz
metodik ta’minotini yaratish;
tibbiy va klinik psixologiya, psixolingvistika, psixogenetika, boshqaruv psixologiyasi,
savdo psixologiyasi, gerontopsixologiya, kross-madaniy psixologiya, mehnat psixologiyasi,
tashkiliy psixologiya kabi dolzarb yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlashni rivojlantirish;
psixologiya sohasida zamonaviy o‘quv, ilmiy va ommabop adabiyotlarni tayyorlash, nashr
etish va ommalashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish;
yosh psixologiyasi, psixofiziologiya, tibbiy psixologiya, psixoterapiya, patopsixologiya,
differensial psixologiya, pedagogik psixologiya, psixodiagnostika, genetik psixologiya kabi
sohalarda fundamental, amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish;
sohada ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini ta’minlash, fundamental, amaliy va
innovatsion ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, ilmiy maktablarni shakllantirish va kadrlar
salohiyatini mustahkamlash, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion
infratuzilmasini shakllantirish;
psixologiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda nufuzli xorijiy oliy ta’lim va
ilmiy tadqiqot tashkilotlari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Belgilanishicha, 2021-yildan boshlab bosqichma-bosqich:
respublikaning 14 ta hududida oliy ta’lim muassasalari huzurida xo‘jalik hisobida ish
yuritadigan aholiga psixologik xizmat ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etiladi;
psixologiya sohasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha qabul parametrlari yiliga
30 foizdan oshirib boriladi;
psixologiya sohasi professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining xorijiy ta’lim va ilmiy-
tadqiqot muassasalarida tizimli malaka oshirishi hamda stajirovka o‘tashlari tashkil etiladi;
tuman (shahar) mahallalari tuzilmasida oila psixologi lavozimi joriy etiladi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari, mahalla
va oila tizimida faoliyat olib borayotgan barcha psixolog mutaxassislar belgilangan tartibda 3 yilda
bir marotaba tegishli malaka oshirish kurslarida o‘qishlari tashkil etiladi;
o‘rnatilgan tartibda faoliyat yuritadigan nodavlat psixologik maslahat muassasalari tarmog‘i
hamda onlayn psixologik xizmatlar ko‘rsatish ko‘lami kengaytiriladi;
ta’lim
muassasalarida
joriy
etiladigan
o‘qitish
dasturlari
o‘quvchilarning
yosh, psixofiziologik xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlariga mosligi bo‘yicha
psixologik ekspertizadan o‘tkaziladi;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya
vazirligining O‘zbekiston milliy universitetining “Psixologiya” va “Sotsiologiya” kafedralari
negizida O‘zbekiston davlat psixologiya universitetini tashkil etish;
Psixologiyaga oid muammolarni hal qilish mamlakat taraqqiyoti uchun naqadar
muhimligini shundan ham bilsa bo‘ladiki, ularni yechish nafaqat ta’lim rivojiga, balki
iqtisodiyotdan tortib sportgacha, tibbiyotdan tortib tadbirkorlikkacha bo‘lgan sohalar taraqqiyoti
tezlashishiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Sobiq ittifoqda XX asrning 60-yillarigacha psixologiya
faniga yetarlicha ahamiyat berilmas edi. Psixologiya fanining ba’zi eng yangi yo‘nalishlariga esa
mensimay qaralar edi. Masalan, psixologiya fanining AQSH va Yevropaning rivojlangan
mamlakatlarida o‘tgan asrning 30−40 yillarida shakllanib tez rivojlana boshlagan sohasi —
«ijtimoiy psixologiya» yo‘nalishi 60-yillargacha burjua fani sifatida inkor etib kelindi. 60-yillarda
chop etilgan «Bolshaya sovetskaya ensiklopediya»da bu fanga quyidagicha ta’rif berilgan edi:
«burjuacha soxta fan» (burjuaznaya ljenauka).
Psixologiya faniga bunday yondashuv kadrlar tayyorlashda ham o‘z aksini topmay qolmadi.
80-yillarning o‘rtalarigacha O‘zbekistonda faqat Toshkent Davlat Universitetida (hozirgi
O‘zbekiston Milliy Universiteti) psixologiya yo‘nalishiga har yili 25 nafar talaba qabul qilinar edi.
|
| |