290
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekicton Pecpublikaci Ppezidentining 2019 yil 27 avgustdagi “Oliy ta’lim
muacacalapi pahbap va pedagog kadplapining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy эtish
to‘g‘risida” gi PF-5789-con Fapmoni.
2.
O‘zbekicton Pecpublikaci Ppezidenti Sh. M. Mirziёevning Oliy Majlisga
Murojatnomasi. Toshkent. 24.01.2020 y.
3.
Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T., “O‘zbekiston”, 1999, 17-bet.
4.
Karimov I.A. Donishmand xalqimning mustahkam irodasiga ishonaman. “Fidokor”
gazetasi, 2000 yil 8 iyun.
O‘ZBEKISTON PSIXOLOGIYASIDA ILMIY MAKTABLARNING PAYDO BO‘LISHI
VA SHAKILLANISHI TARIXI
Ravshanov Sobir Abdimalik o‘g‘li
GulDu
doktoranti
Mamlakatimiz hayotini har tomonlama yuksaltirish taraqqiy etishi maqsadida barcha
sohalarda masalan, ta’lim-tarbiya, iqtisodiyot, tibbiyot, sport, san’at, madaniyat kabilarda tubdan
islohotlar olib borilmoqda. Barcha tizimlarni yurituvchisi, faoliyat olib boruvchilari bu insonlardir
shunday ekan, avvalo ularning faoliyati samarali kechishida ularning ham ruhan ham jismonan
holati katta ahamiyatga ega. Insonlarning jismoniy va biologik holati bilan tibbiyot shug‘ullansa,
uning ruhiyati bilan psixologiya shug‘ullandi. Insonlar psixologiyasini o‘rganish va iqtisodiyot,
sport, san’at nainki barcha tarmoqlarda psixologik holatlarga e’tibor qaratgan holda yondashilsa,
albatta samarali natijaga erishiladi. Chunki insonning jismini uning ruhi, ongi boshqaradi. Aynan
shuning uchun ham hozirda yurtimizda psixologiya ilmi yanada rivojlanib bormoqda.
Yurtboshimiz ham bu borada bir qancha farmonlar berganlar. Masalan, “Aholiga
psixologik
xizmat ko‘rsatish va psixologiya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilingan edi va unda quyidagilar keltirilib
o‘tilgan:
Respublikada psixologik xizmat ko‘rsatish va psixologiya
sohasida kadrlar tayyorlash
tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanishi;
mamlakatda amalga oshirilayotgan yangilanish, ijtimoiy
va iqtisodiy taraqqiyot
istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va
texnologiyaning zamonaviy
yutuqlaridan kelib chiqqan holda psixologik xizmatlarning samarali shakllari hamda uslublarini
ishlab
chiqish va joriy etish;
yoshlar tarbiyasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, shaxsning ma’naviy kamol
topishida psixologik qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning mustaqil ongli kasb tanlashi va o‘zining
shaxsiy kasbiy rejalarini shakllantirishga sharoitlarni yaratishga psixologik ko‘maklashish;
iqtidorli yoshlar salohiyatlarini namoyon etishlariga ko‘maklashish, ularning bilish faoliyati
va qiziqishlarini boyitish, dunyoni idrok etishning universal usullarini
shakllantirish uchun
psixologik yordam tizimini yaratish asosida ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash;
aholiga psixologik xizmatning talab qilinadigan darajasi va sifatini ta’minlovchi me’yoriy,
moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish, jumladan, onlayn psixologik xizmatlar ko‘rsatishni
yo‘lga qo‘yish;
aholi baxtlilik darajasi, sog‘liqni saqlash, xususan, mental salomatlik,
stressdan
himoyalanish yo‘nalishidagi tadqiqotlarni amalga oshirish;
favqulodda holatlar sharoitida psixologik xizmat ko‘rsatish, hayot faoliyatida og‘ir
psixologik holatlarga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan trening-
reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;