|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 292
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Bunday yondashuv oqibatida 1990 yil boshlarida sobiq ittifoqda hammasi bo‘lib oliy ma’lumotli
psixologlar soni 5000 kishidan kamroqni tashkil qilar edi. Qiyoslash uchun: o‘sha yil boshlarida
oliy ma’lumotli psixologlar soni AQSHda 300 000dan ortiqroqni tashkil qilgan edi. Har ming
kishiga hisoblaganda AQSHda psixologlar soni sobiq ittifoqqa qaraganda 60 baravar ko‘p bo‘lgan.
Bundan 50 yil avval amerikaliklarning ko‘pchiligi o‘zlarining oilaviy psixologiga ega bo‘lgan.
Bizning mamlakatimizdagi poliklinikalarning ko‘pchiligida hozirgi kunda ham tibbiy psixolog
mavjud emas.O‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab sobiq ittifoqda psixologiyaga e’tibor biroz
kuchaydi. Lekin ko‘p vaqt yutqizilgan edi.
Mustaqillikka erishilgandan keyin O‘zbekistonda psixologiya faniga ko‘proq e’tibor berila
boshlandi. Mamlakat oliy o‘quv yurtlaridagi psixologiya fakulteti va yo‘nalishlariga har yili 800ga
yaqin talaba qabul qilinmoqda. Bu sobiq ittifoq davriga qaraganda 30 baravardan ortiqroqni tashkil
qiladi. Lekin miqdoriy jihatga yetarli e’tibor berilgan bo‘lsada, ta’lim sifatiga yetarli e’tibor
berilmadi. Ittifoq parchalangandan keyin Rossiya Federatsiyasi, Belarus singari mamlakatlarda
psixologiya fanining mundarijasi jiddiy o‘zgartirildi va rivojlangan mamlakatlar darajasiga deyarli
yetkazildi. O‘zbekistonda psixologiya fakultetlari soni va ularga qabul qilinayotgan talabalar soni
ortgan bo‘lsa ham, fan mundarijasi sobiq ittifoq darajasida qolib ketdi.
Psixologiya fanlari mundarijasini belgilashda bizningcha, bir qator kamchiliklarga yo‘l
qo‘yilmoqda. Mamlakatimiz psixologiya fanida inson psixikasi ikki qatlamdan, ong va ongostidan
iborat ekanligi hisobga olinmayapti. Dunyoda ko‘zga ko‘ringan olimlarning fikriga ko‘ra, ong
psixikaning 10 foizini, ongosti esa 90 foizini tashkil qiladi. Mamlakatimizdagi deyarli barcha
psixolog olimlar psixikaning 10 foizini tashkil qiladigan ong bo‘yicha dissertatsiyalar himoya
qilganlar. Psixologiya fakultetlarining o‘quv rejalariga ham faqat ong bilan bog‘liq mavzular
kiritilgan. Chunki sobiq ittifoqning psixologiya fakultetlarida ham faqat ong bilan bog‘liq
mavzular o‘qitilar edi. Psixologiya fanlarining bir qator muhim yo‘nalishlarida juda kam ishlangan
yoki umuman ishlanmagan. Jumladan, mamlakatimizda tibbiy psixologiya bo‘yicha ilmiy ish
qilgan mutaxassislar barmoq bilan sanarli. Toshkent tibbiyot akademiyasida mazkur yo‘nalish
bo‘yicha magistratura ochilgan. Lekin yaqin vaqtlargacha tibbiyot muassasalarida tibbiy psixolog
shtati ko‘zda tutilmagani uchun magistraturani tugatganlar qayerga ishga kirishni bilmay sarson
bo‘lishdi.
Tibbiyot oliygohlarining o‘quv rejasiga shaxs psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi,
psixodiagnostika, psixokorreksiya degan vrachlar uchun zarur bo‘lgan fanlar umuman
kiritilmagan. Umumiy psixologiyani pedagogika fani bilan qo‘shib o‘qitish uchun faqat 56 soat
vaqt ajratilgan. Bu esa umumiy psixologiya o‘qish olti yil davom medinstitutlarda 28 soat
o‘qitilishini anglatadi. Ya’ni o‘qish har kuni 6 soat davom etadi, deb hisoblasak, psixologiyaga
olti yil davomida 5 kun ajratilishini bildiradi. To‘g‘ri, o‘quv rejalarida tibbiy psixologiya
va psixiatriya, singari fanlarni o‘qitish ham ko‘zda tutilgan. Lekin bu fanlar me’yoriy psixikani
emas, psixikaning me’yordan og‘ishlarini o‘qitishni ko‘zda tutadi. Tibbiyot institutlarida
insondagi me’yordan og‘ishlarni o‘rgatadigan fanlarni o‘qitishdan avval me’yoriy holatlarni
o‘rganishga bag‘ishlangan fanlar chuqur o‘qitiladi. Masalan patologik anatomiya fanidan avval
normal anatomiya, patologik fiziologiya fanidan avval normal fiziologiyani o‘qitish singari.
Shunisi ham borki, me’yordagi holatlar va me’yordan og‘ishlarni o‘rgatuvchi fanlarga
ajratiladigan soatlar hajmi deyarli bir xil. Rivojlangan mamlakatlarda, Rossiya Federeratsiyasi
tibbiy OTMlarida psixologiyaning eng zamonaviy yo‘nalishlari: psixokardiologiya,
psixodermatologiya, psixoimmunologiya, psixoonkologiya, psixoendokrinologiya singari qator
fanlar o‘qitilmoqda. Bu mamlakatlarda kardiolog mutaxassisligini egallayotgan talaba
psixokardiologiyani,
endokrinologiya
mutaxassisligini
egallayotgan
talaba
psixoendokrinologiyani, bo‘lg‘usi onkolog psixoonkologiyani egallashi shart hisoblanadi.
Qanchalik og‘ir bo‘lsa ham e’tirof etish zarurki, bu fanlardan talabalar uyoqda tursin,
aksariyat olimlarimiz ham yetarli bilimga ega emas. Buni qayerdan bilasiz, degan savol paydo
bo‘lishi mumkin. Men mamlakatimizda keyingi ikki yilda chop etilgan jurnallarni o‘rganib,
tibbiyotning sanab o‘tilgan yangi yo‘nalishlari bo‘yicha bironta maqola ham topa olmadim. Bu
|
| |