|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 289
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
uchun ishlab chiqarishni va shu asnoda barcha ijtimoiy munosabatlarni taraqqiy ettirishdan
iborat.77
Boshqaruv nazariyasi nisbatan yangi fan tarmog‘i bo‘lib, ob’ektiv borliqni ilmiy bilishga
asoslanadi. U o‘z faoliyatini bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlar zaminida ko‘radi. Boshqaruv
jarayonining mohiyati va qonunlarini aniqlash, bu jarayonda sodir bo‘ladigan munosabatlarni
ochib berish, uning tizimini ishlab chiqish va boshqaruv sub’ektining asosiy tamoyillarini ishlab
chiqish boshqaruv nazariyasining vazifalaridir.
Shu nuqtai nazardan “Menejment nazariyasi” fanini o‘qitishda asosiy maqsad qilib, bugungi
kun talablari doirasida talabalarga menejment fani, rahbarlik mahorati va sa’natining sir-
asrorlarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-birlari bilan
manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llari va shakllarini, korxonaning
samaradorligini oshirish maqsadida qo‘llaniladigan boshqarish tamoyillari, usullari va vositalari,
iqtisodiy muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalariga, boshqaruv jarayonlarni
tahlil qilish va samarali qaror qabul qilish, xulosa chiqarish, boshqaruv muammolarni hal etish
uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash va ulardan foydalanish malakalariga ega bo‘lishni
o‘rgatish qo‘yilgan.
Menejment fanini mukammal o‘rganishning afzalligi yana shu bilan izohlanadiki, to‘g‘ri
qaror qabul qilishda insonlar doimo kerakli va ishonchli nazariy bilimga va ma’lumotga ega
bo‘lishi zarur. Agar ular o‘z bilimlariga ega bo‘lmasa tajriba va xatolaridan kelib chiqqan holda
o‘ziga qimmatga tushgan usulni qo‘llashi mumkin yoki boshqalarning tajribasi, xatolarini
o‘rganishi mumkin, lekin menejment fanidan olgan bilimlariga murojaat qilsa, ularning ishi ancha
yengillashadi, belgilagan strategiyasi va rejasi aniq bo‘ladi.
O‘zbekistonda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari 14-15 asrlarda
Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda “Temur tuzuklari” asarida davlat,
qo‘shin va boshqalarni boshqarish sanʼati to‘g‘risida o‘z qarashlarini bayon etib, izohlab bergan.
Menejment fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida to‘plangan amaliy tajriba
natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy g‘oyalar, ish
prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida Menejment 19 asrga
kelib shakllana boshladi. Boshqarish fanining asoschisi — amerikalik muhandis va tadqiqotchi F.
Teylor hisoblanadi. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fayol
ishlab chiqdi.
Bugungi kunda menejment ilmining model va usullari quyidagi masalalarni hal qilishda
ishlatiladi: shaharlarda transport oqimlarini boshqarish va aeroportlarda harakat jadvalini
optimizatsiyalashda, universitetlarda sinf va auditoriyalar ish jadvallarini tuzishda, supermarket va
univermaglarda g‘amlangan mollarni boshqarishda, mahsulotlarning yangi turlarini ishlab
chiqarishda, turli xil mahsulotlarning reklamasiga xarajatlarni taqsimlashda, moddiy ta’minlashni
rejalashtirishda, zavodda turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar va mehnat
resurslarini taqsimlashda, mavsumga beysbol bo‘yicha oliy liganing o‘yin jadvalini tuzishda va
hokazo.
Menejment insonlarni ongli mehnatga, tadbirkorlikka qiziqtirish, ishga mas’uliyatliligini
nazorat qilish, ularning bilim va ko‘nikmalarini faoliyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’minlash,
rag‘batlantirishni tashkil etishdir. Fanning predmeti xo‘jalik yuritishning barcha bo‘g‘inlarida
boshqaruvni tashkil etish shakllari va uslublarini ifodalovchi nazariy hamda amaliy tamoyillar
majmuidan iborat. Menejment usullarini puxta egallagan, qo‘llay biladigan rahbar nafaqat ishlab
chiqarish faoliyatini samarali boshqarishga, qolaversa, butun iqtisodiyotni rivojlantirishga katta
ta’sir ko‘rsatadi.
|
| |