|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 286
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
berishni istamaydigan, xudbin, qora ko‘ngil odamlarni Alisher Navoiy eng yomon odam, xalqqa
zarar yetkazadi deb ta’riflaydi. Alisher Navoiyning yoshlar tarbiyasiga bog‘liq, ularning yaxshi
fazilatlaridan biri bo‘lmish, yolg‘on so‘zlamaslik haqida tarbiyaviy ahamiyatga ega Sher va Durroj
asari ham mavjud. Ushbu asarda Durroj chin gapirish o‘rniga yolg‘on gapirib, sherni aldagani va
kunlardan bir kun bir falokat tuzog‘iga ilingani, endi esa chin so‘zni aytsada sher yolg‘on deb
o‘ylab, bunaqa yolg‘onlarni u ko‘p eshitgani uchun (durrojning) chin qichqirig‘ini ham yolg‘on
deb gumon qildi. U qancha rostakamiga qichqirmasin, rostini ham yolg‘on deb hisobladi. Uni
qutqarish uchun iltifot ko‘rsatmadi; natijada uning hayoti qirqildi. Kimki beixtiyor rost gapirsa,
yolg‘on gapirsa ham, xalq uni rost deydi. So‘zda, Navoiy, nima desang ham rostini gapir; rostni
kuylagan ohanglarga tahsin ayt. Ey soqiy, yoqimli qadahni olib kel, uning bir qultumi bilan sherni
oladigan qil. Bazmning asboblariga tartib ber, six, kabob, tovoqlarni ham hozir et degan edilar. Bu
asar yoshlar tarbiyasida ahamiyatga molik durdona asar hisoblanadi desam, mubolag‘a bo‘lmaydi
nazarimda.
Navoiy asarlaridagi aql-zakovat durdonalarini o‘zlashtirish ham barkamollikka erishishning
muhim omillaridandir. Jumladan Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asaridagi adabiy-estitik, inson
va uning kamoloti haqidagi qarashlar undagi ulug‘ mutafakkirning umri davomida ko‘rgani,
kuzatgani, boshidan kechirgani, hayotiy tashvishlarining qalb qatlam-u qavatlaridan sizilib
chiqqan lo‘nda, umumlashma-xulosalari o‘z ifodasini topgan. Ayniqsa, uning ikkinchi qismida
ma’naviy barkamollikka oid qator fazilatlar sharhlanadiki, ulardan yoshlarimiz uchun eng
zarurlaridan biri qanoatdir. Qanoatga shunday ajoyib ta’rif beriladi: “Qanoat – bir chashmadirki,
olgan bilan uning suvi qurimaydi; u bir xazinadirki, undagi boylik sochilgan bilan kamaymaydi.
Yana asarda inson komillikka yetishishida safarning foydali jihatlari haqida yoritilganligi shak-
shubhasiz o‘rinlidir fikri ojizimcha.
Turg‘un yer qayda-yu. aylanuvchi osmon qayda? Bir joyda turgan tuproq qayda-yu, sayr etib
yuruvchi yulduz qayda? Biri qimirlamay turgani uchun kishilar oyog‘i ostida poyandoz bo‘ldi;
ikkinchisi esa, harakatda bo‘lgani tufayli, yuksaklarning yuksagi bo‘ldi. Azob va mashaqqat
tavoze va adabning negizidir. Safar esa ranj-mashaqqatga sababdir. Safar - erituvchi va
kuydiruvchi ko‘radir. U erish- kuyish esa er kishining vujud oltinini toblab xom gildan
tozalovchidir. Safar - ayriliqqa uchraganlarni maqsadiga yetkazuvchi va mahrumlami murod uyiga
olib kiruvchidir. Safar - xom odamlami pishiruvchi va taomlami singdiruvchidir. Safar kishilarni
olam ajoyibotlaridan bahramand qiladi, g‘aroyibotlar dunyosidan xabardor qiladi. Aziz
kishilarning mozorlarini ziyorat qilish fayziga musharraf va mukarram bo‘lmoq ham safardan;
fayzli, ulug‘ zotlar xizmatida izzat va hurmat topmoq ham safardan. Yo‘lovchining yurishiga
quvvat beruvchi ham safar va ko‘ngliga har tomonga bonsh zavqini soluvchi ham safar. Musofirni
turli joy va manzillar bilan tanishtiruvchi ham u; dunyoni kezish yo‘liga soluvchi ham u. Issiq-
sovuqda jonga orom beruvchi ham u; achchiq-chuchukdan ko‘ngilni ogohlantiruvehi ham u. Safar
vodiysida musofirning oyog‘iga ko‘p dard-u balo tikanlari sanchdadi, lekin har qadalgan tikandan
bir maqsad guli ochiladi. Yo‘l mashaqqati zarbidan kishining a’zoyi badani qaqshaydi: vujudi
yo‘lovchilar oyog‘i bilan toptaladi va har a’zosi u oyoqlar ostida ushaladi. Ammo, ko‘nglining
vayronligi tuzaladi va ruhi ko‘zgusi ravshan tortib, jilo topadi. Har o‘lkaning go‘zalligi, har
manzilning osoyishtaligini safarda yuruvchilardan so‘ra va musofirlardan eshit. Odam uchun doim
harakatda bo‘lish – hayotlikdan asardir; jonsiz mavjudotlar - tiriklik nishonasidan bexabardir.
Alisher Navoiy do‘stlikni ulug‘laydi, shu bilan birga soxta, g‘araz bilan do‘st bo‘luvchi
kishilarni qoralaydi. Alisher Navoiyning asarlaridagi Farhod, Shirin, Layli, Dilorom, Qays,
Shopur kabi ijobiy qahramonlar umuminsoniy tarbiya asosida tarbiyalanganlar, kamtarin, odobli,
or-nomusli insonlardir. Bu qahramonlar orqali yoshlarni ulardan ibrat olishga chorlaydi. Alisher
Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanadi. U o‘z asarlarida
har bir so‘zdan unumli va o‘rinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher
Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har
tomonlama namuna bo‘ladi. Ulug‘ shoir o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan
|
| |