|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 284
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlardagi harakatlari va o‘zini tutish hollarini
umumlashtiradi, iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganadi.
Menejment nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko‘rinishida, nazariy
tahlil va mantiqiy uslub asosida, boshqaruvning asosiy qonuniyatlari va usullarini ajratib
o‘rganadi.
Menejment tarixi fani o‘zining maqsad, vazifa, funksiyalaridan kelib chiqib, boshqa
umumiqtisodiy, gumanitar, tabiiy, maternatik fanlar bilan uzviy bogiliqlikda rivojlanadi. Fanning
uslubiy asosini iqtisodiy nazariya, menejment, bozor nazariyasi fanlari belgilaydi. Bundan
tashqari, sotsiologiya, psixologiya, personalni boshqarish, ekonometrika, tarmoq iqtisodiyoti kabi
fanlar bilan aloqadordir. Chunki menejment asosan kishilarni, jamiyatni boshqarish bo‘lganligi
uchun, mehnatni tashkil etish, ishchi o‘rinlarini, shart-sharoitlarini yaratish, belgilangan vazifalar
bajarilishi yuzasidan nazorat qilish, faoliyat natijalarini baholashda samaradorlik ko‘rsatkichlarini
qo‘llash, qolaversa, menejmentda rahbarning psixologiyasi, madaniyati o‘ziga xos uslubga ega
bo‘lishini taqozo etish va ularni o‘rganish menejment nazariyasi fanining yuqorida ta’kidlangan
fanlar bilan bog‘liqlikda, birgalikda rivojlanishiga asos bo‘ladi.
Shunday qilib, menejment bu — boshqaruv ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish va uning
asosiy maqsadi — olinadigan foydani ko‘paytirish. Barcha ijtimoiy muammolarni, iqtisodni
rivojlantirish yo‘lidagi hamma qiyinchiliklarni agar ularga ishbilarmonlik ruhida yondashilsa,
«yaratuvchilik menejmenti» orqali oson hal etish mumkin.
|
| |