|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 283
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
tashkilotlarda vaziyatlarning tabiiy murakkabligi, real hayotda, zarur bo‘lganda, ilmiy tajribalarni
o‘tkazishning imkoni bo‘lmasligi va rahbariyatning kelajakka qarashi taalluqlidir.
“Boing” firmasi yangi samolyotni, “Nissan” yangi avtomobilni, “IBM” yangi kompyuterni
loyihalashtirayotganda ular har doim namuna ishlab chiqib, uni real sharoitda tekshiradi va undan
keyingina keng ko‘lamli ishlab chiqarishni boshlaydi. Lekin, bunday ko‘rinishdagi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri tajriba o‘tkazish qimmat bo‘lib, vaqt talab qiladi. Tasavvur qiling, agarda «Jeneral Elektrik»
firmasi firma muhandislari tomonidan faqat potensial takomillashtirishlar deb o‘ylab topgan
mingta qismlarni ishlab chiqarib, sinab ko‘rsa, avtomobil qanday qiymatga ega bo‘lar va undagi
yangiliklar qancha kam bo‘lar edi. Bunday holatda modellar yordam beradi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri tajriba o‘tkazish mumkin bo‘lmagani kabi, mavjud bo‘lmagan va hech
qachon bo‘lmaydigan hodisani kuzatish mumkin emas. Ammo, ko‘p rahbarlar faqat real va xis
qiladigan narsani ko‘radi, natijada, mavjud bo‘lmagan va hech qachon boimaydigan hodisa
qandaydir ko‘rib bo‘ladigan narsaga qaytishi lozim boiadi.
Modellashtirish - bugungi vaqtga kelib kelajak variantlarini ko‘rishning va alternativ
qarorlarning potensial oqibatlarini ob’ektiv solishtirishga imkon beradigan aniqlashning yagona
tizimlashtirilgan usuli. Devid B. Xersning ta’kidlashicha: “Rahbar mavjud eng yaxshi alternativni
o‘z resurslarini taqsimlash, o‘zi va boshqalar uchun harakatlar navbatini belgilash, yangi odamlar
va material resurslarini jalb etish uchun tanlab olishi kerak. Bulling uchun u qisqa va uzoq
muddatli kelajakda qarorlarning oqibatlari paydo bo‘ladigan muhit xususiyatlari va barqarorligi
ta’rifiga ishonishi kerak.
U bir paytning o‘zida muqarrar va oldindan aytib bo‘lmaydigan muhitning butun
noaniqligini tasavvur qilishi kerak”.
Menejment ilmining modellari bu maqsadlarga yuqori darajada moslashgan va kuchli
tahliliy vosita sifatida murakkab vaziyatlarda qaror qabul qilish bilan bog‘liq ko‘p muammolarni
hal etishga imkon beradi.
Modellarning turi. Zamonaviy tashkilotlar tomonidan keng qo‘llanilayotgan modellar va
ular yordamida hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalarni ko‘rib chiqishdan oldin modellarning uch
xilini qisqacha ta’riflab berish zarur. Gap fizik, analogik va matematik modellar haqida ketyapti.
Fizik model. Fizik model obyekt yoki tizimni kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan tavsifi
yordamida o‘rganib chiqiladigan narsani ifoda etadi. Shennonning ta’kidlashicha: “Fizik (ba’zan
“portretli” deb ataladigan) modelning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u ma’lum ma’noda
modellashtirilayotgan butunlik kabi ko‘rinadi”.
Mamlakatimiz Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov o‘zining “O‘zbekiston iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” asarida “kuchli ijtimoiy siyosat, avvalo sermahsul mehnat
qilish uchun yaxshiroq rag‘bat va imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo‘l tanlash va faoliyat
ko‘rsatish erkinligiga bo‘lgan kafolatli huquqni qaror topdirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy
faolligini oshirishdan ham iboratdir”, deb ta’kidlagan edi.
Menejment mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab
chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Ishlab chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy
aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatida ajralib
chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo‘lgan sharoitda tovar
ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobat vujudga kelib, ishlab chiqarishni boshqarish, foydani
ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.
Menejmentning asosini ob’ektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi
huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o‘rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon
bo‘lishini hisobga olgan holda xo‘jalik rahbarlari respublika xalq xo‘jaligini boshqarishning
strategiya va taktikasini belgilaydilar.
Menejment kursining mazmunini iqtisodiyotni boshqarish, menejment tizimlari va uni
tuzishning tashkiliy shakllari, iqtisodiy mexanizmi va menejment uslublari, menejment texnika va
texnologi- yasining nazariy va uslubiy asoslarini o‘rganish tashkil etadi. Menejment boshqaruv
faoliyatining umumiy qonuniyatlari va tamoyillari, menejment tizimiga ta’sir usullarini
|
| |