280
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
bormoqda. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabedagi PF 6079-sonli
““Raqamli O‟zbekiston 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari
to‘g‘risida’gi farmonida raqamli dunyoda raqamlashtirish, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish,
raqamli iqtisodiyot sohasida yangi loyihalarni ko‘rib chiqish va raqamli ta’limni rivojlantirish
dasturlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu farmonda ta’lim sohasida raqamli ko‘nikmalarni
oshirish maqsadida quyidagi
tadbirlar amalga oshiriladi: ta’lim pog‘onasining boshlang‘ich bosqichida o‘quvchilarga raqamli
texnologiyalarni taqdim etish orqali raqamli ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun imkoniyatlar
yaratish, tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, kelajakda zarur bo‘ladigan keng ko„lamli
raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarga bilim va ko‘nikmalar berish; yagona masofaviy
ta’lim platformasini kelajakda ta’limning barcha yo‘nalishlarida tatbiq etish maqsadida yaratish
va amalga oshirish; o‘quvchilar uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishning umumiy
darajasini oshirish maqsadida umumta’lim maktablarining asosiy o‘quv dasturlariga doimiy
o‘zgartirishlar kiritish; texnologik kasblar va innovatsion faoliyat sohasida o‘qishni tashkil etishga
qaratilgan yuqori samarali xalqaro amaliyotni ta’lim tizimiga joriy etish; axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari bilan bog‘liq yo‘nalishda kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim
muassasalari
bitiruvchilari sonini, axborot texnologiyalar sohasida o‘rtacha darajada kompetensiyaga ega
bo‘lgan o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini oshirish; Axborot
texnologiyalar sohasidagi tashkilotlarining o‘quv jarayonlarga qatnashishini rag‘batlantirish orqali
umumta‟lim maktablarda informatika fanini o‘qitish metodlarini takomillashtirish; oliy ta‟lim
muassasalarida tegishli sohalarda “Buyumlar interneti”, robototexnika, sun’iy intellekt
texnologiyalarini qo‘llash va o‘rganish bo‘yicha
laboratoriyalar, shuningdek, xorijiy qog‘oz
shaklidagi materiallarni raqamlashtirish formatlaridan foydalanish bo‘yicha davlat yagona talabini
ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash orqali ta’limda o‘quv materiallarini
raqamlashtirish; raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va
rag‘batlantirish, ularning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish;
G‘oyalar va yangi texnologiyalar yaratishni targ‘ib qiluvchi respublika tanlovlari va
tadbirlarini (konkurslar, olimpiadalar va boshqalar) o‘tkazish; yangi qidiruv tizimlarini yaratish
yo‘nalishini ishlab chiqish va aniqlash, shu jumladan audio va video
materiallarni izlash va
aniqlash uchun yechimlar, axborotni qidirish va olishda semantikadan foydalanish, mashinaviy
tarjima tizimidagi yangi texnologiyalar, shuningdek, mashinaviy o‘qitishning yangi algoritmlari
va texnologiyalarini rivojlantirish; robototexnika komplekslari va odamlar o‘zaro ta’sirining
algoritmlarini ishlab chiqish, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari infratuzilmasini, o‘rnatilgan
sensorlar va sensor
tarmoqlarni takomillashtirish, shuningdek, “bulutli” xizmatlarini taqdim
etishning turli xil modellarini amalga oshirish uchun dasturiy ta’minot yaratish bo‘yicha ilmiy
ishlarni olib borish; maktabgacha, o‘rta va oliy ta’lim tizimi uchun elektron ta’lim resurslarini
yanada
takomillashtirish, shuningdek, ichki va jahon ta’lim resurslaridan foydalanishni
ta’minlash; inson kapitalini rivojlantirish, shu jumladan, ixtisoslashgan ta‟limni rivojlantirish
hamda IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish, IT-korxonalar uchun
institutsional sharoitlarni
yaxshilash va ma‟muriy to‘siqlarni kamaytirish; maktab va maktabgacha ta’lim tizimiga raqamli
transformatsiya va yangi texnologiyalar bo‘yicha innovatsion o‘quv dasturlarini joriy etishdir.
Dastlabki bolalalik davrida raqamli dunyoda ta’lim berish va bilim olish yollar’ini samarali
tashkil etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri. Bu muammoning nazariy yechimi
tarbiyachilar, bollalar va ularning ota-onalarini raqamli dunyoda o‘qitishga yangicha
yondasshishlarni amalga oshirish hisoblanadi. Turli dasturlar, mobil ilovalar va ijtimoiy
tarmoqlardagi guruhlar kabi bir qator yangi texnologiyalar bolalar ta’limiga yangi innavatsion
investitsiyalarni joriy qilishning asosiy tali’m vositalari vazifalarini bajaradi. Mana masalan
“Moyvoqvoy va qizcha” mobil ilovasidagi bolalarning tafakkurini
rivojlantirishda va kreativ
fikrlashida hamda noqulay vaziyatlarda qaror qilishda ahamiyati beqiyos. Xorijiy davlatlarda
“Aflatot” dasturi maktabga kirmagan bolalar uchun mo‟ljalllangan bo‟lib, u ijtimoiy va iqtisodiy