|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 278
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
«Qomus ul-allom» asarlarida alloma haqida ma'lumotlar berilgan. Lekin H.Aliqulov Jaloliddin
Davoniy haqida batafsil ma'lumot Ali Davoniyning «Jaloliddin Davoniy» nomli kitobida,
A.M.SHastrining «Islom madaniyati haqida lavhalar» nomli asarida,ingliz tilida chop etilgan
«Islom qomusi», M.Duayt va D.D.Donal'dsonlarningkit oblarida ancha batafsil aytib o‘tilganini
ta'kidlaydi.
H.Aliqulovning tadqiqotlaridan ma'lum bo‘lishicha, Davoniydan quyidagi ilmiy meros
qolgan: «Risolai isboti vojib» (Zaruriyatning isboti haqida risola),«Risolat ul-mufradot»
(Moddalar haqida risola), «Risolat ul-huruf» (Harllar haqida risola), «Risolati fi tavjix ul-tashbix»
(Majoz talqini haqida risola), «tariqati tarbiyat ul-avlod» (Bolalarni tarbiyalash usuli), «Arznoma»
(Armiyani boshqarish
qoidalari) kabilar shular jumlasidandir.
Shuningdek, Davoniyning she'rlari ham «Foniy» taxallusi bilan chop etilgan.
Lekin dunyoga mashhur bo‘lgan, fors tilida yozilgan «Ahloqi Jaloliy» asari dunyoning ko‘p
tillariga tarjima qilingan va shuhrat qozongan. Mazkur asar 1470-1478 yillarda yaratilib, G‘arbiy
Eron Hokimi Uzun Hasanga bag‘ishlangan. Bu asar1839 yilda V.F.Tompson tomonidan ingliz
tiliga tarjima qilingan. 1911 yilda Kal'kuttada nashr qilingan. 1948 yilda Eshonjon Ibn
Muhammadxo‘ja tomonidan o‘zbek tiliga qisqacha tarjima qilingan. Mazkur asarni rus
sharqshunosi A.A.Semyonov fikriga tayangan holda uni musulmon SHarqidagi mashhur kitoblar
qatoriga qo‘shadi, deydi tadqiqotchi'.
Haqiqatdan ham ushbu asar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy va
boshqalarning axloq mavzusidagi asarlari qatorida turadi va axloqiy tarbiyada o‘ziga xos
o‘ringa ega bo‘lgan asar sanaladi.
«Axloqi Jaloliy»da ham inson kamoloti uchun eng zarur bo‘lgan axloqiy fazilatlar yo‘llari
va usullari bayon etiladi.
«Axloqi Jaloliy» uch qismdan iborat. Birinchi qism - axloq faniga, ikkinchi
Qism «Odamning ichki holati» oilaviy hayotiga, uchinchi qism-«SHahar (davlat) ni
boshqarish va podshohlar siyosati», deb atalib unda muhim ijtimoiy-siyosiy masalalar ko‘tariladi.
CHunonchi, jamiyatning paydo bo‘lishi, davlat va uni boshqarish masalalari, xalqning farovon
hayot kechirishida podsholarning oʻrni, ilm-fan taraqqiyotining jamiyatda tutgan o‘mi bayon
etiladi.
Biz, asosan Davoniyning, insonning haqiqiy kamolotga yetishida aqliv va axloqiy
shakllanishi masalalariga to‘xtalamiz. Avvalo, Davoniy va boshqa mutafakkirlarga ergashib
o‘zining axloqiy qarashlarini talqin etdi.
Masalan, Ahu Nasr Forobiy, Nasriddin Tusiy, Ibn Sinolar kabi inson kamologa erishishida
adolat, donolik, shijoat singari yuksak fazilatlarga ega bo‘lishi, hissiy bilim bilan bir qatorda narsa
va hodisalarning mohiyatini idrok qilishni to‘g‘ri talqin etdi. Davoniy insonning kamolga erishishi
uning boshqalar bilan munosabatiga ham bog‘liq ekanligini ta'kidlaydi, jamiyatda, ma'lum ijtimojy
muhitda, boshqalar bilan aloqada shakllanib tarbiya topgan inson o‘zi yashagan jamiyatda adolat
hukmron bo‘lsa, unda baxt-saodatga erishishi mumkin devdi.
Shuning uchun u «Axloqi Jaloliy» asarida jamiyatni adolatli -- fozil shaharga va johil
shaharlarga bo‘ladi. Forobiy kabi Davoniy ham fozil shahar boshqaruvchisida o‘nta eng yaxshi
fazilat mujassamlangan bo‘lishi kerak, deydi. Bular:
birinchisi - hukmdor odamlarni e'zozlashi;
ikkinchisi davlat ishlarini adolatli ijro etishi;
uchinchisi -hirs va shahvatga berilmasligi;
to‘rtinchisi hukmdorlikda shoshma-shosharlik va g‘azabga yo‘l qo‘ymasligi, balki shafqat
va muruvvatga asoslanishi;
beshinchisi irodasidan kelib chiqishi;
oltinchidan - xalq ehtiyojini qondirishga oid ishlarni bajarishga harakat qilishi; yettinchisi -
halqga nisbatan odil bo‘lishi;
sakkizinchi - har bir ishni maslahatlashib, kengashib hal etishi;
|
| |