|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 285
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
viloyatlardan biri va uning markazi, O‘zbekiston Davlat mukofoti, O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti, Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti
universiteti, Opera va balet akademik teatri, O‘zbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat
universiteti va boshqa yuzlab madaniy-ma’rifiy muassasalar, jamoa xo‘jaliklari ulug‘ shoir nomi
bilan ataladi. Navoiy, nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun dunyo, Sharq-u G‘arb xalqlarini o‘ziga
rom etgan shoir. U kishining asarlarini hamma birdek sevib o‘qiydi. Birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimov “Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch” asarida bu haqida shunday yozgan edilar:
"O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishida g‘oyat kuchli va samarali ta'sir ko‘rsatgan
ulug‘ zotlardan yana biri - bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo‘tabar nomi, ijodiy
merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo
faxrlanib so‘z yuritamiz. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati
tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz
namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha'n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z
san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u
Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e'tiqod bilan qaramasa”.
Alisher Navoiy deyarli barcha g‘azallarida adolatli va ma’rifatparvar podsho hamda
markazlashgan davlat uchun kurash g‘oyasini ilgari suradi. Navoiyning fikricha, mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti, yurt osoyishtaligi, avvalo, hukmdorning o‘ziga, uning
shaxsiy fazilatlariga bog‘liq. Alisher Navoiyning fikricha, inson uchun toj, davlat va boshqalar
emas, balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir. Alisher Navoiy xalqqa ish bilan
ham, so‘z bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi. U xalq manfaati uchun ishlaydigan,
xalqning baxt-saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy odam deb biladi. Buyuk alloma
Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo‘lsa ham, o‘zining bu
haqidagi fikrlarini turli ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiy o‘zining
umuminsoniy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini badiiy asarlarida barkamol inson obrazini yaratish
yo‘li bilan bayon etdi.
Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik
g‘oyalari bosh o‘rinda turadi. Alisher Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz
va qadrlidir. Alisher Navoiy o‘z davridagi barcha sof vijdonli insonlarning manfaatini himoya
qildi. U inson uchun zarur bo‘lgan umuminsoniy axloq qoidalarini o‘rgandi, asar qahramonlari
obrazida o‘z qarashlarini aks ettirdi. Alisher Navoiy o‘zi yashagan davrdagi insonlarning fe’l-
atvorini uzoq sinchiklab kuzatdi. U o‘z kuzatishlarini, ko‘rgan-bilganlarini bir-biriga taqqosladi,
ulardan tegishli xulosalar chiqardi. Alisher Navoiy “Mahbub-ul qulub” asarida quyidagilarni
yozadi: “Har ko‘cha-kuyda yuguribman va olam ahlidan har xil kishilarga o‘zimni yetkazibman.
Yaxshi va yomonning fe’l-atvorini bilibman, yaxshi-yomon xislatlarni tajriba qilibman, yaxshilik
va yomonlikning asalini ham, zaharini ham totib ko‘rdim. Xasislarni va karamlilar yetkazgan yara
va bergan malhamni ko‘nglim tagi-tugi bilan sezgandir. Bir xildagi hamsuhbat va do‘stlarni
xabardor qilmoq va bu hollardan ogohlantirmoq lozim ko‘rindiki, har toifaning xislatlaridan
ma’lumotlari va har tabaqaning ahvolidan bilimlari bo‘lsin, keyin munosib kishilar xizmatiga
yugursinlar”.
Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo‘lishga da’vat etadi hamda axloqni bunday
ta’riflaydi: “Axloq shaxsning og‘ir baqolig‘ libosidir va libos jismning sangin debosi. Shuning
bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir”. Alisher Navoiyning fikricha, inson uchun toj,
davlat va boshqalar emas, balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir.
Oltin, kumush etma kasb davlat kunidin,
Kim tortar adab ulusni davlat tunidin,
Gar yo‘qdir adab ne sud oltin uni din,
Elning adabi xushroq erur oltundin.
Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, so‘z bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi. U
xalq manfaati uchun ishlaydigan, xalqning baxt-saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy
odam deb biladi: Odami ersang demagil odami, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. Xalqqa yordam
|
| |