282
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
davrida paydo bo‘ldi. Uning shakllanishidan oldin boshqaruv funktsiyalarining ajralishi, unga xos
bo‘lgan boshqaruv mehnatining tarqalishi va uni maxsus nazariy asos yaratishga bo‘lgan ehtiyoj
ortib bordi.
Bugungi kunda “menejment ilmi”, “qabul qilish ilmi”, “tizimli tahlil”, “tizimlar haqida ilm”,
“operatsiyalar tadqiqoti” kabi bir- birini almashtirib qo‘yish mumkin bo‘lgan
tushunchalarni
uchratish mumkin. Menejment ilmining yondashish sifatida o‘ziga xos xususiyatlari quyidagicha:
ilmiy usulning qo‘llanilishi;
tizimli yondashish;
modellar ishlatilishi.
Ilmiy usul menejment ilmi maktabining amaliyotda birinchi bor ishlatilgan, har qanday ilmiy
tadqiqotning fundamental tadbiridir. U uch bosqichdan iborat.
Kuzatuv. Gap muammo va vaziyat haqida axborotni ob’ektiv tarzda yig‘ish va tahlil qilish
ustida ketmoqda. Masalan, mahsulotlarga ehtiyoj va zaxiralar darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rib
chiqilayotganda rahbar zaxiralar darajasi ehtiyojga qarab o‘zgarishini baholashi kerak. (Bugungi
kunda ilmiy tahlilning bu va deyarli hamma hoshqa jihatlari, odatda, idora bolinmalari
mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi).
Gipotezaning ifoda qilinishi.
Gipotezani ifoda etayotib, tadqiqotchi mavjud imkoniyatlar
(alternativlar)- faoliyat (harakat) variantlari va vaziyat uchun ularning oqibatlarini aniqlaydi,
shuningdek, ushbu kuzatuvlar asosida ularni prognozlaydi. Maqsad
- muammoning tarkibiy
qismlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish. Masalan, kuzatuv oyi davomida ehtiyoj 10
foizga o‘sganda zaxiralar kamayishni ko‘rsatsa, rahbar zaxiralarning muayyan miqdorga o‘sishi
ularning bunday vaziyatda qisqarishi oldini oladi, degan gipotezaga asoslanishi mumkin.
Verifikatsiya. Verifikatsiyaning yoki gipotezaning to‘g‘riligini tasdiqlanishning uchinchi
bosqichida tadqiqotchi gipotezani qabul qilingan qarorning natijalarini kuzatib tekshiradi. Bizning
misolni davom ettirib, rahbar zaxiralar darajasini idora mutaxassisi
taklif etgan miqdorga
ko‘paytirishi mumkin. Agar bunda zaxiralar kamaymasa yoki haddan ziyod ko‘paymasa,
gipotezani to‘g‘ri deb tan olish kerak. Agar ehtiyojning o‘sishi bilan mahsulotlarning yetishmasligi
paydo bo‘lsa yoki zaxiralar shunchalar o‘ssaki, ularni saqlash chiqimlari haddan ziyod bo‘lib
qolsa, unda gipotezani noto‘g‘ri deb tan olish kerak. Bu holda, rahbar birinchi bosqichga qaytib,
mavjud axborotga gipotezani tekshirish bosqichida yig‘ilgan axborotni va boshqa ma’lumotlarni
qo‘shgandan keyin yangi gipotezani ifoda qilishi kerak.
Menejment muammolarini hal etayotganda ilmiy usulni qo‘llab, shuni esda tutish kerakki,
tashkilot - bu o‘zaro bog‘langan qismlardan iborat ochiq tizimdir. Shuning uchun menejmentda
ilmiy yondashishning ikkinchi xususiyati sifatida tizimli yondashish gavdalanadi.
Menejment ilmining uchinchi xususiyati - modellarni ishlatishdir.
Modellashtirish - bizning muhokamada ko‘p e’tibor berilgan konsepsiyadir. Ilmiy
menejment maktabining eng ko‘zga ko‘rinadigan va ehtimol eng yirik hissasi oddiy sabab -
oqibatli baholash uchun juda murakkab vaziyatlarda ob’ektiv qaror
qabul qilishga imkoniyat
beradigan muqobil modellarni ishlab chiqishdadir. Bunday modellarning ko‘pi shunchalik
murakkab-ki, hamma rahbarlar ham ularni mustaqil ravishda ishlatishga qodir emaslar. Biroq,
modellar haqida ishonarli tasavvurning yo‘qligi rahbarning sinash va xatolar usulini qo‘llashiga
hamda tekshirilgan usullar qo‘llashning o‘rniga o‘ylanmagan qarorlar qabul qilishiga olib keladi.
Modellashtirish. Model o‘zi nima? Menejment ilmi ishlatadigan ayrim modellarni
kompyutersiz amalga oshirish murakkab bo‘lsa-da, modellashtirish konsepsiyasi oddiy.
Shennonning ta’rifiga binoan: “Model - bu ob’ektning, tizimning yoki g‘oyaning butunlikkning
o‘zidan farqli ma’lum bir shaklda taqdim etilishi”. Masalan, tashkilot sxemasining o‘zi
uning
tuzilishini ifoda etadigan modeldir. Ushbu kitobda tavsiflangan hamma menejment nazariyalari
tashkilot yoki uning qandaydir kichik tizimi ishlash modelining mohiyatidir. Siz ko‘p o‘tmay
modellarning boshqa - sizga tanish bo‘lgan misollari borligiga ishonch hosil qilasiz.
Modellashtirish zarurati. Real hayot bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro munosabatda bo‘lish
o‘rniga model ishlatishni shart qilib qo‘yadigan bir necha sabablar mavjud. Ularga ko‘pchilik