|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 281
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
savodxonlikka asos soluvchi dastur hisoblanadi. Bunday dasturlar balalarning birinchi ta‟lim
olishlari va hayotiy ko‟nikmalarini shakllantirishda juda muhimdir.
Maktabgacha ta‟lim muassasalarida raqamlashtirish borasida YUNISEF tomonidan
O‘zbekistondagi maktabgacha ta‟lim sohasini rivojlantirish uchun «Learning passport» nomli
raqamli ta‟lim platformasini yaratish, O‟zbekistondagi Yaponiya JICA vakolatxonasi tomonidan
«O‘zbekistonda alohida parvarishga muhtoj bolalar bilan ishlaydigan pedagog kadrlarning
malakasini oshirish bo‘yicha» loyihasi, Koreya-O‟zbekiston biznes assosiyasi tomonidan
maktabgacha ta‟lim tizimi uchun yaratilayotgan «EDU LINK» axborot tizimi loyihasi kabi ishlar
amalga oshirildi. Mamlakatimiz maktablarida xalq ta’lim vazirligi tomonidan maktab ta‟limini
raqamlashtirish, maktab ta’limiga axborot kommunikatsion texnologiyalrni Oliy ta’lim tizimida
raqamli universitet loyihasi davom etmoqda. Hozirgi kunda ta'lim jarayoniga oliy ta'lim
muassasalaridan olinadigan turli hisobot va ma'lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni
tayyorlashning qog„oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimini raqamlashtirish maqsadida
Raqamli universitet loyihasi doirasida “Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi”
(HEMIS - Higher Education Management Information Systems) ishlab chiqildi. Ushbu axborot
tizimi «Ma'muriy boshqaruv», «O‘quv jarayoni», «Ilmiy faoliyat» va «Moliyaviy boshqaruv va
statistika» axborot tizimlarini o‘z ichiga oladi. Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimini
joriy etishdan maqsad: - OTM faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash; - oliy ta'lim
tizimida o‘quv, ilmiy, ma'muriy va moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish; - oliy ta'lim tizimida
byurokratik to‘siqlar yuzaga kelishini oldini olish va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish; - OTM,
talaba, va ish beruvchi tashkilotlar o‘rtasida uzviylikni ta'minlash; - boshqaruv jarayonlari uchun
sarf qilinadigan vaqtni qisqartirish va mehnat samaradorligini oshirish; - ta'lim jarayoni
ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilish; - tahliliy ma'lumotlarni shakllantirish
va qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish va tezlashtirish. Oliy ta’lim muassasalarida
raqamlashtirish va raqamli texnologiyalar vositasi yordamida ta’limni tashkil etish talabalarning
dars mashg‘ulotlarga faol qatnashishi, mavzularni to‘liq o‘zlashtirishi, kelajakdagi kasbiga
mehrining oshishi va turli kompetensiyalarini rivojlaniga sabab bo‘ladi.
|
| |