|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 279
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
to‘qqizinchisi kishini uning qobiliyatiga monand lavozimga tayinlashi, qobiliyatsiz
kishilarga xalqning ehtiyojini qondirish uchun xudoning yuqori lavozim bermaslikni;
o‘ninchisi- har bir - adolatli farımonlar chiqarishi, qonunni buzishga yo‘l qo‘ymaslik
kabilardir.
Shuningdek, Davoniy hukmdorning diniy majburiyatlarga ham rioya etishi kerakligini
ta'kidlagan. Ko‘rinib turibdiki, adolatli shox timsoli Davoniy istagan axloqiy kamol topgan
shaxsdir.
Davoniy «Axloqi Jaloliy»da ijtimoiy-siyosiy masalalarga qayta-qayta murojaat etadi.
Chunonchi, jamiyatning paydo bo‘lishi, davlat va uni boshqarish masalalari, adolatli va adolatsiz
podsholar, ilm-fan taraqqiyotining jamiyatda tutgan o‘rni, aqliy va axloqiy tarbiya, insonda ijobiy
xislatlarni tarkib toptirish masalallari va boshqalar shular jumlasidan.
Davoniy o‘z asarida insonni ijtimoiy mavjudot sifatida qaraydi, inson faqat jamiyatda,
kishilar orasida, ular bilan munosabatda shakllanadi, degan fikrni ilgari suradi. U ot'mish
olimlarining ta'lim-tarbiyaga oid asarlaridagi an'analarni rivojlantirgan holda o‘z qarashlarini
o‘tkir ruhshunos olim sifatida ham talqinetadi, uning fikricha bola yaxshi fazilatlarni ta'lim-tarbiya
natijasida egallashi mumkin. Chunki, bolada his-tuyg‘u juda erta shakllanib boradi, u ulg‘aya
borgan
sari ayrim juz'iy narsalarni ham ajrata boshlaydi, tana a'zolari mustahkamlanadi,narsa va
hodisalarni bir-biridan ajrata boshlaydi, yaxshilik va yomonlik to‘g risida tasavvurga ega bo‘la
boshlaydi, aqli to‘lishib, ongi o‘sadi deydi olim. Ana shu paydo bo‘lgan sezgi va aql orqali tashqi
dunyoni bilishi mumkin deydi.
Demak, yuqoridagi fikrlarga asoslanib, Davoniy insoniy fazilatlarga ega bo‘lishdata'lim-
tarbiyaning o‘rniga katta ahamiyat berganligining guvohi bo‘lamiz. Davoniy insoniy fazilatlarni
to‘rtga bo‘ladi: donolik, adolat, shijoat, iffat. Bular orqali qadim-qadimlardan insonning xulq-
odobi belgilangan.
|
| |