|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 293
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
holat mazkur yo‘nalishlarning mamlakatimizda qanday ahvolda ekanidan dalolat beradi. Tibbiy
psixologiya va uning yo‘nalishlarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish bemorlarning
davolanishi va jamiyat salomatligini yaxshilashda juda muhim rol o‘ynagan bo‘lar edi.
Universitetlarning o‘quv rejalariga o‘qituvchilar uchun zarur bo‘lgan pedagogik psixologiya
va yosh davrlari psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, psixodiagnostika, psixokorreksiya singari
fanlar kiritilmagan. Ayni paytda psixologiyaning o‘qituvchilar uchun mutlaqo zarur bo‘lgan
bu sohalari bo‘yicha yetarli bilim olmagan bitiruvchilarning 90 foizdan ortiqrog‘i maktablarga
o‘qituvchilik qilish uchun bormoqda. O‘qituvchining asosiy vazifalari tushuntirish, uqtirish
va shu usullar yordamida o‘quvchilarga bilim berish va tarbiyalash. Ta’lim jarayoni qisman,
tarbiya jarayoni esa, asosan, ongostiga ta’sir o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Ongostiga ta’sir
qilmay ham ta’lim va tarbiya tadbirlarini o‘tkazish mumkin. Lekin bunda tadbirlarning
samaradorligi juda past bo‘ladi. Tarbiya jarayonida uqtirishning muhimligi shundaki,
o‘quvchilarda uning yordamida ijobiy sifatlarning zarurligiga ishonch hosil qilish orqali bu sifatlar
ongostiga singdiriladi. Bunga faqat pand-nasihat qilish yo‘li bilan erishib bo‘lmaydi.
Hozir ta’lim tizimimizda o‘quvchilardagi ijodkorlik xususiyatini rivojlantirishga alohida
talablar qo‘yilmoqda. Mamlakatimizda ijod maktablari, prezident maktablarini tashkil etishdan
ko‘zlanayotgan asosiy maqsadlardan biri ham ijodkorlikni rivojlantirishdir. Shu talab
va maqsadga mos ravishda psixologiya va pedagogika fanlarimizda ijodkorlikni rivojlantirish
uslubiyati, texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilishi kerak edi. Lekin hozircha
psixolog va pedagoglarimizning faoliyatlarida bu masalani tezroq va atroflicha tadqiq etishga
intilish sezilmayapti. Ijodkorlikni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha jahon psixologiya
fanida mavjud xulosalarga ko‘z yugurtirsak, avvalo, ijodkorlik yana o‘sha ongostida shakllanishi
va rivojlanishi ma’lum bo‘ladi. Ijod maktablarimizda ishlayotgan o‘qituvchi va murabbiylarda esa
ongostining tuzilmasi va xususiyatlari haqidagi bilimlarni shakllantirish va rivojlantirishga e’tibor
berilmayapti. Bizning fikrimizcha, bunday holat bu vazifani bajara oladigan psixologlarning
kamligi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Ijodkorlikning doimiy yo‘ldoshi bo‘lgan bir hodisa bor.
Bu ilhom degan hodisadir. Agar o‘quvchilarda ijodkorlikni shakllantirish jarayonida ularda ilhom
uyg‘otish muammosini hal qila olsak, oldimizga qo‘yilgan maqsadning yarmiga yetgan bo‘lar
edik. Bu vazifani bajarish uchun ham ongostiga murojaat qilishimiz va u bilan ishlashimiz kerak
bo‘ladi.
Barcha sohalarda xususan, sport, balki, ta’lim-tarbiya, tibbiyot va ijtimoiy hayotning boshqa
sohalarida ham psixologiya fanida vujudga kelayotgan yangiliklarni o‘rganish va imkon boricha
amaliyotga tadbiq qilish Yangi O‘zbekistonning tezroq shakllanishi va rivojlanishiga xizmat
qiladi, deb ishonch bilan aytish mumkin.
|
| |