|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 301
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Pedagoglarda innovatsion yondashuvni qaror toptirish bosqichlari.
Mutaxassislarning fikricha, innovatsion elektron darslik inson aql-zakovatining katta
hajmdagi axborotni eslab qolish va bu ma’lumotlar orqali muloqot va fikrlash jarayonlari
assotsiatsiyasi orqali izlash qobiliyatiga taqlid qiladi. Boshqacha aytganda, innovatsion elektron
darslik ko‘plab statistik va dinamik ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan va umumlashgan tarmoq
tuzilmasiga ega bo‘lgan murakkab o‘quv materiallari tizimidir: video, bajariladigan dastur va
animatsiya. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264 son
“O‘zbekiston Republikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni
hamda[1] 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416 sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi
Qaroriga muvofiq shu nomli vazirlik tashkil etilgan bo‘lib, uning vazifalari qatoriga ijtimoiy
rivojlanishga, shu jumladan ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimiga innovatsiyalarni joriy etish ham
kiritilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan
foydalanish ta’limni sifatini ko‘tarsa, innovatsion texnologiyalar ta’lim taraqqiyotini harakatga
keltiruvchi kuchdir. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan
ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil
taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va
takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot
texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga
ko‘tarildi.
|
| |