|
Jizzax davlat pedagogika universitetiBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
“Oliy ta’limning xalqarolashishi – bu institutlarning o‘qitish, tadqiqot va xizmat ko‘rsatish
vazifalariga xalqaro va madaniyatlararo jihatlarning kiritish jarayonidir”.81
Alto universiteti professori Minna Soderqvist bu tushunchaga boshqa ta’rif beradi:” oliy
ta’lim muasasasining milliy modeldan xalqaro modelga o‘tish jarayoni, natijada o‘qitish va
taqdiqot sifatining o‘sishi sodir bo‘ladi, shuningdek kutilayotgan kompetensiyalarga erishiladi”.82
Umuman oliy ta’limning xalqarolashishi zamonaviy ta’lim siyosatidagi eng muhim
yo‘nalishlardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu jarayonning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
bir qator omillar ta’siri ostida sodir bo‘lgan. Bunday omillar sirasiga quyidagilarni kiritish
mumkin:
Turli mintaqalardagi davlatlar o‘rtsidagi gumanitar hamkorlikning rivojlanishi;
Globallashuvning chuqurlashuvi va davlatlar o‘rtasidagi integratsiya;
Xalqaro ta’lim tashkilotlarining globat ta’lim tizimidagi faolligi;
Zamonaviy axborot texnologiyalarning rivojlanganligi (Internet xalqaro tarmog‘i);
Bolonya jarayonining keng tarqalganligi va davlatlarning bu jarayondagi ishtirokining
oshishi;
Turli ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa muommolar yechimini hamkorlikda
topishga bo‘lgan intilish va boshqalar.
Oliy ta’limning xalqarolashishida muhim o‘rin tutadigan ko‘rinishlardan biri talabalarning
xalqaro akademik mobilligi hisoblanadi. Talabalarning akademik mobilligi xalqarolashuv
jarayonida muhim hisoblanib, talabalarning oliy ta’lim olish uchun o‘z davlatidan boshqa davlatga
muayyan muddatga borishi nazarda tutiladi. Shu bilan birga xalqaro talabalar yoki xorijiy talabalar
atamalari ham keng qo‘llaniladi. Xalqaro talaba yoki xorijiy talaba atamasi davlatlar milliy ta’lim
tizimiga ko‘ra turlicha tavsiflanadi.
AQSHda xalqaro talabalar bu“ Amerika Qo‘shma Shtatlarda o‘qishga ruxsat beruvchi
vaqtinchalik noimmigratsion viza olib oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan shaxslar”83
hisoblanadi.
Avstraliyada xalqaro talaba deganda "Avstraliya fuqarosi, Avstraliyaning doimiy rezidenti,
Yangi Zelandiya fuqarosi yoki Avstraliya gumanitar doimiy yashash vizasi egasi emas" shaxslar
tushiniladi.84
Xalqaro ta’lim instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiyada xalqaro talaba - bu “ xorijiy
iqtisodiyot vakili bo‘lgan talaba, u Yaponiyada talaba vizasi maqomi bilan yashayotgan bo‘lishi,
Yaponiyaning har qanday universiteti, magistratura yoki doktoranturasi, kichik kolleji,
texnologiya kolleji, kasb-hunar kolleji yoki universitetga tayyorgarlik kursida tahsil olayotgan
shaxs hisoblanadi.85
Yuqorida ko‘rib turganingizdek xorijiy talaba yoki xalqaro talaba tushunchasiga turlicha
huquqiy ta’riflar berilgan. Bu o‘z navbatida dunyoning turli davlatlarida qancha xalqaro talaba
ta’lim olayotgani, ularning soni bo‘yicha statistikalarda farqlarni keltirib chiqaradi.
Xalqaro ta’lim Institutining “Project Atlas” loyihasi ma’lumotida 2020-yil yakunlariga
ko‘ra, jahonda 5,6 million xalqaro talabalar bo‘lib, ularning 50 foizidan ko‘proq qismi AQSH,
Buyuk Britaniya, Avstraliya, Xitoy va Kanada hissasiga to‘g‘ri keladi.86
81
Jane Knight and Hans de Wit, Internationalization of Higher Education in Asia Pacific
Countries (Amsterdam: EAIE, 1997), 8.
82
Soderqvist M. (2002) Internationalization and Its Management at Higher Education
Institutions: Applying Conceptual, Content and Discourse Analysis. Helsinki, Finland: Helsinki
School of Economics.
83
https://www.iie.org/en/Research-and-Insights/Project-Atlas/Explore-
Data/United-States
84
https://www.studyaustralia.gov.au/Dictionary.aspx?FirstLetter=o
85
https://www.iie.org/en/Research-and-Insights/Project-Atlas/Explore-Data/Japan
86
https://iie.widen.net/s/g2bqxwkwqv/project-atlas-infographics-2020
|
| |