|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 300
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
maqsadi bo‘lib hisoblanadi va shu maqsadga erishishi o‘z-o‘zidan uni eng yaxshi kurslar qatoriga
kiritib qo‘yadi. Ushbu yutuqlarning barchasi o‘sha pedagogning nafaqat kuchli bilimiga, balki shu
bilimni yetkazib berishga doir pedagogik texnologiyasiga ham bog‘liqdir.
Oliy ta’lim muassasalarida ham maqsadni ushbu dargoh tayyorlagan mutaxasislar
karyerasidagi yutuqlari va yuqori talabga ega yetuk kadr bo‘lganlini bilan bog‘lash kerak deb
hisoblaymiz. Chunki har qanday faoliyatning sifatli amalga oshirilganligi uning natijasida aks
etadi. Ta’lim jarayonining sifatli amalga oshirilishida o‘qitishni innovatsion pedagogik
texnologiyalar orqali amalga oshirishning o‘rni beqiyosdir.
OTMlardagi muayyan yo‘nalishdagi mutaxassisni tayyorlashda shunday sifatli, amaliyot
bilan bog‘liq bo‘lgan holdagi ta’lim berish kerakki bitiruvchilar ishga kirish jarayonida yana
qo‘shimcha kurslarga borishiga hojat qolmasin. Masalan buxgalteriya sohasida tahsil olayotgan
talabalarga 1S va 1UZ kabi buxgalteriya dasturlarida ishlash talabalik davrida o‘rgatilsin, ular
diplom olgandan keyin yana pul to‘lab kurslarga borib o‘rganishga zarurat sezmasin. Yoki ingliz
tili yo‘nalishida tahsil oladigan, OTMda berilgan bilimlar asosida IELTS sertifikatini olishga qodir
bo‘lsin, yana kurslarga qatnamasdan.
Hozirgi va kelajakda eng katta talab qaratilgan kasb bu - IT bo‘yicha mutaxassislardir. Mana
shu yo‘nalishlar ko‘proq ochilsin oliy ta’lim muassasalarida va shu sohada yetuk kadrlar
tayyorlash uchun pedagoglar ham chuqur bilim va yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘b,
innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitishsin. Mana shu kabi sohalarda yutuqlarga erishishi
uchun zamonaviy texnika-texnologiyar bilan ta’minlangan va innovatsion pedagogik
texnologiyalar asosida dars o‘tiladigan oliy ta’lim muassasalari eng yaxshi institutlar safiga albatta
kiradi deb o‘ylaymiz.
Innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida ishlashda o‘qituvchida innovatsion faoliyat
haqida tushuncha bo‘lishi kerak. Mohiyatiga ko‘ra innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar,
ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida
yangi takomillashtirilgan mahsulotni yaratishdan iborat. Pedagogning innovatsion faoliyati
quyidagilar bilan belgilanadi:
- yangilikni qo‘llashga tayyorligi;
- pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;
- novatorlik darajasi;
- kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;
- ijodkorligi.
Innovatsion faoliyat-yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki
yangi shakllanayotgan g‘oyalarning mavjud g‘oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan
majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat. Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy,
aqliy, jismoniy kuchini ma’lum maqsadga yo‘naltirish asosida bilim, ko‘nikma, malakani egallash,
amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to‘ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va
tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi.
1-bosqichda tayyor metodik tavsifnoma (mavjud innovatsiya, masalan xorijtajribasida
qo‘llanilgan ammo biz uchun yangi)lardan foydalanish amalga oshiriladi. 2-bosqichda mavjud
tizimga pedagog o‘zining yangi g‘oyalarni, metodini kiritadi.
Pedagoglarning innovatsion yondashuvini qaror toptirishning 3- bosqichida o‘sha ikkinchi
bosqichda yaratgan g‘oya, innovatsion metodini o‘zi faoliyat yuritayotgan muassasada amalga
oshirish mazmuni, shakl va metodlarini tizimlashtiradi. 4-bosqichda esa pedagog o‘qitish va
tarbiyalashga oid o‘z konsepsiyasi( g‘oyalari yig‘indisi) yoki metodikasini yaratadi.
Mana shu bosqichlarda pedagog innovatsion yondashuvlarini amalga oshirsa va pedagogik
texnologiyalarda yangilik kiritib, ulardan foydalanib dars o‘tsa ta’lim sifati albatta
oshadi.Umuman olganda mamlakatimizda ta’lim sohasiga, hamda innovatsiyalarga katta e’tibor
berilmoqda.
Pedagoglarda innovatsion yondashuvni qaror topishi ham murakkab jarayon bo‘lib, u bir
necha bosqichda kechadi.
|
| |