298
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
OLIY TA'LIMDA ILG‘OR INOVATSIYALARNI JORIY ETISHNING PEDAGOGIK
IMKONIYATLARI
Saidova.N.I
Nizomiy nomidagi TDPU "Amaliy psixologiya" kafedrasi o‘qituvchisi
Samijonov.N.M
Nizomiy nomidagi TDPU "Pedagogika va psixologiya" fakulteti talabasi
Mamlakatimizning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish
va uning iqtisodiy
xavfsizligini ta’minlashda ta’lim tizimining o‘rni beqiyosdir. Dunyoda ta’lim tizimida ro‘y
berayotgan ta’limning internatsionallashuvi, talabalarning xalqaro mobilligi, ta’lim dasturining tez
o‘zgaruvchanligi kabi global tendensiyalar qatoriga ta’lim sifatini ta’minlash masalasi alohida
ahamiyat kasb etib bormoqda. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar hamda bo‘lajak
mutaxassislarning ma’naviy-ahloqiy, intellektual va kasbiy salohiyatiga nisbatan qo‘yilayotgan
yuqori talablar ta’lim muassasalari oldiga xalqaro talablarga javob bera oladigan sifatli kadrlar
tayyorlash vazifasini qo‘ymoqda. Bu vazifalarni bajarish yo‘lida esa ta’limda
innovatsion
pedagogik texnologiyalardan foydalanish talab etiladi. Ammo ta’lim tizimida zamonaviy
tendensiyalarni, ayniqsa, rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi ta’lim tizimida foydalanayotgan
innovatsion pedagogik texnologiyalarni isloh qilishning zamonaviy
tajribalari nisbatan sekin
o‘zlashtirilmoqda.
Pedagogik texnologiya - bu o‘quv jarayonini zamonaviy tashkil etish tizimi bo‘lib, u
ta’limning zaruriy sifatini ta’minlaydi va jadallashgan ilmiy-texnik taraqqiyot talablariga javob
beradigan, ta’lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish jarayonlarini texnika
va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etishning izchil
metodidir. Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi
bo‘lib hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda
ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning
xamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi (YuNESKO).
Ta’lim jarayonida yangi innovatsion texnika-texnologiyalardan
foydalangan holda dars
o‘tish, so‘nngi texnikalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalaridan foydalangan holda
mashg‘ulotlar o‘tkazish, mutaxasislik bo‘yicha, masalan kimyo sohasidagi so‘nggi innovatsiyalar
haqida ma’lumotlar
keltirib, jahon tajribasidan namunalar keltirib o‘tish talabalarni yangilik
yaratish ruhida tarbiyalashga turtki bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha ta’lim jarayonida avval qiziqish uyg‘otib, motivatsiya berib, so‘ngra
raqobat muhiti yaratilsa talabalarda innovatsiya yaratishdagi yashirin qobiliyatlari uyg‘otiladi va
albatta rag‘batlantirish amalga oshirilsa ko‘zlangan
maqsadga erishiladi. Talabalarga ilm-fan va innovatsiya yaratishda
yutuqlarga erishgan
insonlardan misol keltirib, iloji bo‘lsa ulardan birini o‘rnak bo‘luvchi inson sifatida darsga taklif
qilib,yoki innovatsiyalar markaziga talabalarni ekskursiyalarga etishni yo‘lga qo‘yilsa maqsadga
tezroq erishilgan bo‘lardi.
Innovatsiyalar yarmarkasiga va hududdagi IT parklarga talabalarni ekskursiyaga etishni
tashkil qilsak ta’limda berilgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashda erishilgan yutuqlarni
ko‘paytirishiga ishonamiz.
Mutaxasisligiga mos ravishda mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalariga va
zavodlarga talabalarni amaliyotga yuborishni institutlarimizda allaqachon yo‘lga qo‘yganmiz.
Lekin bizning
taklifimiz shundan iboratki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining
ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan bir vakilni faxriy mehmon sifatida institutga taklif qilib,
seminarda shaxsan nutqlarini eshitish sharafi va bundan olingan taassurotlar ko‘lami iqtidorli
talabalarni ruhlantirgan bo‘lardi.