|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 299
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation”-yangilik kiritish,ixtiro) ta’lim oluvchida yangi g‘oya,
me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor,
qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllanirish imkoniyatini yaratadigan
ta’lim.
Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari
yoki ta’lim innovatsiyalari deb yuritiladi. O‘qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib
darsni tashkil etar ekan, turli texnik vositalardan ham (kompyuter, proyektor,elektron doska va
hokazo) foydalanishi, interfaol metodlar asosida dars o‘tishi ham mumkin. O‘qituvchining
faoliyatida innovatsiyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, mazmun shunchalik oshadi. Ta’limda
innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlar haqidagi tasavvurlar barqaror va
mukammal shaklga ega emasligini ham e’tirof etish lozim. Har bir o‘qituvchi ta’limda individual
ravishda yangilik kiritishi mumkin. O‘z fanining mazmun-mohiyati, mavzulari, shu sohadagi
yaratilgan ilm-fan yutuqlari va innnovatsiyalar haqida yangi ma’lumotlarni o‘rgangan holda
o‘qitish jarayonida ularni qo‘llab, misollar keltirib, ta’limda yangi metodni yaratishi, hamda shu
asosida dars o‘tishi mumkin. Innovatsion texnologiyalar o‘qituvchi o‘z faoliyatidan
qoniqmasligidan kelib chiqadi, uni yaxshilashga doir yangilik kiritishga harakat qiladi.
“Faoliyatni yangilash 3 bosqichda, ya’ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish
bosqichlarida amalga oshiriladi.”
Innovatsion texnologiyalardan asosiy maqsad o‘qituvchi va o‘quvchi mushtarakligiga
erishish, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish, ta’limga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, o‘rganilgan
bilimlarni ijtimoiy sharoitlarda qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish, axborot kommunikatsion
texnologiyalar va didaktik materiallarni mavzu bilan uyg‘unlashtirish kabilarni keltirish mumkin.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik
va axborot texnologiyalari o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga
kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda
o‘quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy
texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil
qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu
jarayonda shaxsning rivojlanish, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va
shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchlik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida
o‘quvchi talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o‘quv yurtlari va fakultetlarida
malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o‘qitish metodlari interaktiv metodlar,
innovatsion texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog
maxoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchi-talabalarning bilimli, yetuk malakaga
ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Innovatsion pedagogik texnologiyalar kelajakda ham mehnat bozorida talab mavjud
bo‘ladigan zamonaviy mutaxassis-kadrlarni tayyorlash uchun ta’lim jarayonida juda muhim
ahamiyatga egadir. Zamonaviy kadrlar tayyorlash uchun pedagogning o‘zi ham zamonaviy AKT
vositalaridan foydalangan holda, eng so‘nngi ilm-fan yutuqlaridan, o‘zi bilim berayotgan soha
yangiliklaridan xabardor bo‘lishi va eng yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tishi talab
etiladi.
Oliy ta’limni 2030-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha konsepsiyada mamlakatimiz oliy ta’lim
muassasalarini xalqaro 1000talik ta’lim muassasalari safiga kiritish maqsad qilingan. Ammo
innovatsion pedagogik texnologiyalarning xalqaro tajribasini o‘rganish va unlarni tadbiq etish
nisbatan sekin amalga oshirilmoqda.
Fikrimizni aniqroq bayon etish uchun turli xildagi abiturient tayyorlash o‘quv kurslarini
misol qilib keltirsak, bir tayyorlov kursi pedagogining maqsadi eng avvolo nomi eng yaxshilar
safiga kirishi emas, mehnati samarasi bo‘lgan tahsil oluvchilarning ko‘zlangan maqsadiga
erishishi bo‘lib hisoblanadi. Misol uchun, ingliz tilidan IELTS kusrlarini tahsil oluvchilari ushbu
sertifikatni yuqori ballarda egallashi, fanlar bo‘yicha abiturientlarning o‘zi tanlagan oliy ta’lim
muassasasigaga yuqori natijalar bilan o‘qishga kirishi- o‘sha pedagogning birinchi o‘rindagi
|
| |