307
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
экранного творчества «Волга-ЮНПРЕСС» / под общей редакцией И. В. Жилавской. – Тол.
: Изд-во «АТРИУМ 97», 2018. – С. 15-18
TIBBIYOT ELEKTRONIKASI FANINI O‘QITISHNING SAMARADORLIGINI
“SINKVEYN” METODINI BILAN OSHIRISH
M.F.Axmadjonov
FarPI “Fizika” Kafedrasi assistenti, Farg‘ona.
mexriddinaxmadjonov@gmail.com
Tibbiyot fizikasi yo‘nalishi talabalariga tibbiyot elektronikasi dars mashg‘ulotlarini
“Sinkveyn” metodini qo‘llagan holda olib borish ishlab chiqilgan.
Ta’lim jarayonida mazkur metodni qo‘llashdan maqsad o‘quvchilar tomonidan mavzuni
puxta o‘zlashtirishga erishish bilan
birga ularni teran fikrlash, tahlil qilish, ma’lumotlarni
uyg‘unlashtirish hamda mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. [1]
“Sinkveyn” strategiyasi. J.Still, K.Meredis, Ch.Temil tomonidan ishlab chiqilgan “O‘qish
va yozish asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish dasturi”da
har bir talaba va talabalar
guruhlarining fikrlash faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun
“Sinkveyn” strategiyasini qo‘llash samarali ekanligi aytiladi.
Bu o‘rinda strategiyaning mohiyati bilan tanishib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Sinkveyn (fr. “besh qator” ma’nosini anglatadi) ma’lumotlarni sintezlash (alohida
ma’lumotlar asosida yaxlit g‘oyalarni shakllantirish)ga yordam beradigan qofiyasiz she’r bo‘lib, u
asosida o‘rganilayotgan mavzu (tushuncha, hodisa, voqea)larga oid ma’lumotlar to‘planadi; har
bir o‘quvchi (talaba) ushbu ma’lumot-lar yig‘indisi (qofiyasiz she’r)ni o‘z so‘zlari bilan turli
variant yoki nuqtai nazarlar orqali ifodalash
imkoniyatiga ega
Sinkveyn tuzish – murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir necha so‘z orqali yaqqol, yorqin
ifodalash malakasi bo‘lib, bu jarayon mavzuni puxtaroq o‘zlashtirish, ma’lumotlarni yaxshiroq
anglashga yordam beradi.[2,3]
Metod “Fizioterapiyada ishlatiladiga elektron qurilmalar” mavzusi misolida ko‘rib chiqildi.
Sinkveyn tuzish murakkab jarayon bo‘lib, uni samarali
tashkil etish uchun muayyan
qoidalarga amal qilish talab etiladi. Odatda, sinkveyn tuzish besh bosqichli harakatlarni tashkil
etish orqali amalga oshiriladi:
1-bosqich. Mavzu bir so‘z bilan ifodalanadi (Fizioterapiya)
2-bosqich. Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (Qulay, zamonaviy)
3-bosqich. Mavzu doirasida tashkil etiladigan xatti-harakat uchta so‘z
bilan ifodalanadi
(tahlil qilinadi, o‘rganiladi,
fikrlar bildiriladi, umumlashtiriladi)
4-bosqich. Mavzuga nisbatan munosabatni anglatadigan to‘rtta so‘zdan iborat fikr yoziladi
(Fizioterapiyada ishlatiladiga elektron qurilmalar)
5-bosqich. Mavzu mohiyatini takrorlovchi, ma’nosi unga yaqin bo‘lgan bitta gap yoziladi
(Generatorlar va Stimulyatorlar ishlash prinsipi.)
Sinkveynlar murakkab ma’lumotlarni sintezlashda, talabalarning bilimlarini baholashda va
ular tomonidan ijodiy ishlanmalarning taqdim etilishida holatlarda samarali hisoblanadi.[4]
Maskur metod Samarqand davlat tibbiyot universitetining “Tibbiy biologiya” yo‘nalishi
talabalarida sinab ko‘rildi. Sinov naqtijalari ushbu metod an’anaviy dars o‘tish uslubiga nisbatan
ancha samaradorli ekanligini ko‘rsatdi. Metod yordamida talabalarni muloqotga kirishuvchanlik,
jamoaviy faoliyat
yuritish, mantiqiy fikrlash, mavjud g‘oyalarni ma’lumotlarni sintezlash va tahlil
qilish qobilyatlarini oshirishda ijobiy natijaga erishish mumkin.
Xulosa.
“Tibbiyot elektronikasi” fanini an’anaviy o‘qitishda asosan talabalarga bilim berish, ularni
o‘qituvchi tomonidan berilgan ma’lumotlarni matnlashtirishga e’tibor qaratilgan, talabalar nofaol,