|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 309
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
5. Professor-oʻqituvchilar ta‘lim jarayonini yuqori darajada, samarali tashkil etish uchun
maqsad va vazifalarni aniq belgilashi, ta‘lim natijasini oldindan qayd etishi, oʻquv predmetlarini
toʻliq oʻzlashtirishga erishish uchun zaruriy ta‘lim vositalari, shart-sharoitlarini tayyorlashga
erishishi zarurligi;
6. Oʻquv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik bazaning yaratilgan boʻlishligi;
7. Ta‘lim-tarbiya jarayoni natijalarini xolisona va ob‘ektiv baholash, talabalarning bilim va
malakalarini egallash jarayonini nazorat qilish va baholashni avtomatlashtirishga erishilganligi;
8. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or
bilim berish usuli hisoblangan ob‘ektiv borliqqa kompleks yondashuv tamoyilidan foydalanishni
talab qilishi kabi muammolardadir.
Demak, iinovatsion ta‘lim texnologiyasi yuqorida keltirilgan shartlarning barcha talablariga
javob beradigan ta‘limiy tadbir hisoblanadi.
Bugungi kunda pedagogik texnologiyani tushunish uchun asosiy yoʻl-aniq belgilangan
maqsadlarga qaratilganlik, ta‘lim oluvchi bilan muntazam oʻzaro aloqani oʻrnatish, zamonaviy
pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta‘lim oluvchining xatti-harakati orqali
oʻqitishdir. Oʻzaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, oʻquv jarayonini toʻliq
qamrab olishi kerak. Ayniqsa ta‘limda kredit-modul tizimi joriy etilayotgan oliy oʻquv yurtlarida
talabalarga mustaqil ta‘lim boʻyicha topshiriq va koʻrsatmalar berilganda turli xil metodlardan
foydalanish talab etiladi.
Demak, real ta‘lim amaliyoti ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish
ta‘lim sifatini oshirishga xizmat qilishini toʻliq tasdiqlamoqda. Biroq ilg‘or pedagogik
texnologiyalarni oliy ta‘lim jarayoniga qoʻllash bilan bog‘liq bir qator muammolar ham koʻzga
yaqqol tashlanmoqdaki, ularni e‘tiborga olish va hal etish ta‘lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Bunday dolzarb muammolar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Oliy ta‘limda qoʻllash uchun moʻljallangan interfaol metodlar tasnifi va ularning
mazmun-mohiyatini yoritib beruvchi oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarning yetarli emasligi. Garchi
respublikamizda pedagogik texnologiyaga doir qator oʻquv qoʻllanmalar yaratilgan boʻlishiga
qaramasdan, mazkur oʻquv qoʻllanmalarda oliy ta‘lim jarayonida qoʻllash mumkin boʻlgan
interfaol metodlar va ularni qoʻllashga doir metodik koʻrsatmalar aniq oʻz ifodasini topmagan.
Mazkur holat oliy ta‘lim professor-oʻqituvchilarining interfaol metodlarni qoʻllashga doir
ma‘lumotlardan toʻla xabardor boʻlmasligiga olib kelmoqda. Oliy ta‘lim muassasalaridagi ta‘lim
jarayonini kuzatish professor-oʻqituvchilar keng qoʻllaydigan interfaol metodlar juda kamchilikni
tashkil etishini koʻrsatadi.
2. Professor-oʻqituvchilar interfaol metodlarni qoʻllashda metodik qoidalarga toʻliq rioya
etishlari lozim. Boshqacha aytganda, interfaol metodlar fanning oʻziga xos xususiyati, mavzuning
maqsad va vazifalari, talabalarning yosh xususiyatlari, mashg‘ulot shakli, auditoriyada maqbul
shart-sharoitning mavjudligi kabi jihatlarni aniq hisobga olgan holda qoʻllash lozim. Oddiy bir
misol: professor-oʻqituvchilar, ayniqsa, yosh oʻqituvchilar deyarli har bir mashg‘ulotida klaster
metodini qoʻllaydi. Eng qizig‘i, mazkur metod orqali oʻquv maqsadiga erishish mumkin yoki
mumkin emasligidan qat‘iy nazar undan foydalanish holati koʻp uchraydi. Bundan tashqari, uch-
toʻrt doirani chizish orqali tarmoqlar hosil qilish ham mumkin emas. Mazkur metod talabalarning
ma‘lum bir narsa-hodisa, jarayon yoki tushunchaga oid fikrlarini umumlashtirish, ularni
tizimlashtirish maqsadida qoʻllaniladi. Ana shu asosdan kelib chiqqan holda, klaster metodidan
oʻtilgan materialni mustahkamlashbosqichidagina foydalanish mumkin. Yuqoridagi fikrlarni
umumlashtirib aytganda, interfaol metoddan nooʻrin foydalanish ta‘lim samaradorligini oshirishga
emas, aksinchi mashg‘ulot sifatini pasaytirishga olib keladi.
3. Ta‘lim texnologiyalarini yaratish uchun professor-oʻqituvchilar oʻquv maqsadlarini
pedagogik vazifalarga aylantirish, uni kutiladigan natijaga mos holda aniqlash koʻnikmasiga ega
boʻlishlari lozim. Barcha mashg‘ulotlarning texnologik ishlanmalarini yaratish jarayonida identiv
oʻquv maqsadlarini vazifalarga aylantirish uchun bir xil fe‘l turkumidagi soʻzlar (ma‘lumot berish,
ochib berish, yoritib berish, izohlash kabilar)dan foydalanish oʻrinli boʻlmaydi. Buning uchun
|
| |