|
UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA VARIATIV TA'LIMNI JORIY ETISHBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA VARIATIV TA'LIMNI JORIY ETISH
Usmonov Sodiq
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ta’limda raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti
Sulaymonov Bobur Shavkat o‘g‘li
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ta’lim muassasalarining boshqaruvi
II- bosqich magistranti
Jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlar
kelajakda mamlakatimizning intellektual imkoniyatlarini
belgilab beruvchi
va uni
rivojlantirishning asosiy sharti hisoblangan ta’lim tizimiga ham bog‘liq ekanligini xisobga olish
kerak. Shu bilan birga intellektual salohiyatning o‘sishi, sifat darajasida rivojlantirish nafaqat
ta’lim samaradorligining oshishiga, shu sohadagi tizim takomillashuviga o‘z ta’sirini o‘tkazibgina
qolmay, balki mazkur ijtimoiy tizimning barcha sohalarini o‘sishiga ham sezilarli darajada ta’sir
etadi. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’limdagi strategik yo‘nalishlardan biri ta’lim
muassasalarining innovatsion faoliyati asosiy omil sifatida belgilab berilayapti. Ma’lumki, fan va
texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko‘plab ilmiy bilimlar, tushuncha va
tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan, fan-texnikaning yangi soha va
bo‘limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differensiallashuvini ta’minlayotgan bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda. Bunday sharoitda, yuqori
malakali pedagoglarga bo‘lgan talablar ortib borib, barkamol avlodni asrlar davomida shakllanib
kelgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega, fanning fundamental
asoslarini, pedagogika va psixologiya metodlarini mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi
yuksak darajada bo‘lgan hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotda
qo‘llash ko‘nikma va malakasiga ega ijodkor pedagoglarni tayyorlash talab etiladi.[2:3] Ta’lim
tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassasalarini innovatsion
jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda
ko‘rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat. Bu holat bugungi kunda o‘ta
|
| |