|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 313
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
• texnologiya;
• tabiiy fanlar;
• ijtimoiy-gumanitar.
Tanlov sinfi yo‘nalishi 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali
aniqlanadi. Bir nafar o‘quvchi faqat bitta yo‘nalishni tanlaydi. Maktabda barcha yo‘nalishdagi
tanlov sinflari ochilishi talab etilmaydi. Ya’ni, maktab ichki imkoniyati, pedagoglar darajasidan
kelib chiqib, 5 ta yo‘nalishdan biri yoki bir nechtasi ochilishi mumkin.
Tanlov sinflarini joriy etish uchun maxsus komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi:
• maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;
• maktab psixologi;
• amaldagi 10-11-sinf rahbarlari;
• fan metodbirlashma rahbarlari;
• ota-onalar qo‘mitasi raisi.[4:2]
Komissiya o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, natijasini umumlashtiradi.
Talabgor o‘quvchilar 35 nafardan oshib ketsa...
Tanlov sinfida o‘qishni xohlagan o‘quvchilar soni 35 nafardan oshib ketsa, maktab
tomonidan tegishli fan bo‘yicha sinov o‘tkaziladi. Natijalarga ko‘ra o‘quvchilar saralab olinadi.
Agar tanlov sinfida o‘qish istagidagi o‘quvchilar 35 nafardan oshmasa, hech qanday sinov tashkil
etilmaydi. Ota-onalar farzandlarini tanlov sinfiga qabul qilish to‘g‘risida direktor nomiga ariza
yozishlari shart.[4:2] Zero, o‘quvchining ertangi kelajagini hal qilishda muhim rol o‘ynaydigan
ushbu bosqich ota-ona roziligisiz yoki ularni ogohlantirishsiz tashkil etilmaydi. Agar o‘quvchi va
ota-ona bola tanlov sinfda o‘qishni istamasa, an’anaviy sinfda o‘qishni davom ettiraveradi.
O‘quvchilar eng ko‘p tanlagan yo‘nalish bo‘yicha sinflar soniga mutanosib ravishda yangidan
sinflarga ajratiladi. Sinflar soni mavjud 10-, 11-sinflar sonidan oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jarayonda fanlar ikki guruhga bo‘linadi: 1. Majburiy fanlar. 2.Tanlov fanlar.
Majburiy fanlar 8ta: ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/ rus rili, chet tili, tarix, matematika,
informatika, mana'viyat asoslari, jismoniy tarbiya. [4:3]
Tanlov fanlariga 2019-2020 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejada 10-11-sinflar
uchun belgilangan barcha fanlar kiradi.
Tanlov sinfida tayanch o‘quv rejada belgilangan soatlar doirasida o‘quvchilar soni 25 nafar
va undan ziyod bo‘lgan 10-11-sinfda o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat beriladi
(chet tili, informatika, jismoniy tarbiya, o‘zbek (rus) tili). Tanlov fanlarga ajratiladigan qo‘shimcha
soatlarni o‘tishda fanlar bo‘lib o‘qitilmaydi. Jumladan, tanlov fani sifatida tanlangan majburiy
fanlar: chet tili, informatika, jismoniy tarbiya, o‘zbek (rus) tili fanlari ham ikki guruhga bo‘lib
o‘qitilmaydi.[4:4] Mazkur fanlarga tayanch o‘quv rejada ajratilgan soatlar bundan mustasno.
Xulosa qilib aytganda bugungi yangi Yangi O‘zbekistonda variativ ta'limni joriy qilish
orqali rivojlangan mamlakatlarda allaqolachon amalga oshirilayotgan innavatsion ta'lim tizimini
qo‘llash imkoniyati mavjud bo‘ldi. Variativ o‘quv rejani joriy etish orqali o‘quvchilarni Oliy o‘quv
yurtlariga oqishga kirishi uchun imtihon topshiriladigan fanlarni chuqur o‘rgatish imkoniyati
yaratildi.
|
| |