320
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Taraqqiyot Strategiyasida97: Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim
sifatini oshirish uchun kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini 2022 yilda
oshirish, 2022 yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish, to‘lov-
kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil
belgilash tartibini joriy etish, 2026 yilda qabul ko‘rsatkichini kamida 250
mingga yetkazish
vazifasi ko‘rsatib berilgan.
Boshqaruv faoliyatining mohiyati to‘g‘risida g‘oyalar, tushunchalar, mulohazalar, uni
madaniy tarzda amalga oshirish tamoyillari, shakllari va usullari haqida tizim mavjuddir. Insoniyat
tomonidan fan-texnika, iqtisodiyot va ijtimoiy muvaffaqiyatlar tobora oshirilib borishiga ko‘ra
boshqaruv faoliyatining ilmga bo‘lgan talabi ham to‘xtovsiz o‘sib boradi. Bir tomondan, ta’lim
boshqaruv faoliyatini konseptual boyitishdan manfaatdor bo‘lsa, ikkinchi tomondan amaliyotchi
boshqaruvchilar o‘z faoliyatini ilmiy idrok etish, uni nazariy asoslashga intiladilar.
Shu o‘rinda ta’lim faoliyatining jamiyat rivojlanishining
muhim komponenti ekanligini
ta’kidlab bu borada olimlarning qarashlariga e’tibor qaratamiz. Akademik S.S.G‘ulomovning
e’tirof etishicha98 “Ta’lim shunchaki jamiyat hayotining tomonlaridan birigina emas, balki
umuman jamiyat rivojlanishining yetakchi, tizim hosil iluvchi omili bo‘lmoqda”.
Bu fikrni davom ettirgan iqtisochi olim Sh.R.Xolmuminov99, “Zamonaviy
sharoitlarda
o‘zbek ta’lim siyosatining asosiy vazifasi – ta’limning zamonaviy xususiyatlarini uning asosliligi
va davlat, jamiyat va shaxsning faol va istiqbolli ehtiyojlariga muvofiqligi asosida ta’minlash.
Shunday qilib, ta’limni modernizatsiyalash - bu faqat mamlakat ta’lim majmuini rivojlantirishning
muammolari majmui emas, balki ham siyosiy, ham umummilliy masaladir; u biror idoraga mansub
loyiha bo‘lishi mumkin emas. Respublika fuqarolari, davlat organlari institutlari, mahalliy o‘zini
boshqarish organlari, professional-pedagogik jamoatchilik, ilmiy, madaniy, tijorat va ijtimoiy
institutlar ta’lim siyosatining faol sub’ektlari bo‘lishlari lozim”.
Boshqa olimlarning ta’kidlashicha, ta’lim “O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, bu, inson, jamiyat, davlat manfaatlari yo‘lidagi aniq maqsadga
yo‘naltirilgan ta’lim
va tarbiya jarayoni; fuqarolar (ta’lim oluvchilar) davlat tomonidan
belgilangan ta’lim darajasi (ta’lim mezoni)ga erishuvini ta’minlaydi. YUNESKO XTSTga
muvofiq “ta’lim” termini o‘zida ta’limga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadlarida amalga
oshiriladigan aniq maqsadga yo‘naltirilgan va muntazam faoliyatning barcha turlari ma’nosini
o‘zida ifoda etadi. Ta’lim deganda o‘quvni yuzaga keltiradigan
tashkiliy va barqaror aloqa
jarayoni tushuniladi” 100.
Ta’lim tizimini tubdan yangilash ta’limni boshqarish davlat organlari va ta’lim tizimi
ob’ektlari o‘rtasida tegishli kadrlar tayyorlash shartnomalarini rivojlantirish, unda ta’lim sifati va
samaradorligi talablarini belgilash va ushbu talablarning bajarilishi ustidan qat’iy nazorat yuritish
mexanizmini yuritish talab qilinadi. Mamlakatimizda ta’lim tizimi xizmatlari sifatiga tegishli
bo‘lgan talablar davlat ta’lim standartlarini rivojlantirishni ifodalaydi. Asosiy ta’lim dasturlari
mazmunining
majburiy minimumi, yuklama hajmi, boshqa talablar belgilanadigan ushbu
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son 2022 — 2026 yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida Farmoni
.
Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son).
98
Гулямов С.С. Образование в Узбекистане: день сегоднящний. М.// Аlma mater. 2002. №7
8 С.
99
Холмуминов Ш.Р. О концепции модернизации образования // Образование и социально–
экономическое развитие в начале третьего тысячелетия. Тез. докл. конф. «XIX-
Международные Плехановские чтения», по-свяшенной 10–летнему юбилею Филиала РЭА
им. Г.В. Плеханова в г. Ташкенте. 2 февраля 2006 года. –Т., 2006. – I. – С. 17-19
100
Олий таълим: (лўғат–маълумотнома) / Туз: М.Х. Саидов, Л.В. Перегудов, З.Т. Тоҳиров. –
Т.: Молия, 2003. – 456 б.