|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 321
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
standartlar ta’lim tizimida olingan ta’lim darajasini va uning sifat darajasini baholash negizi bo‘lib
qolmoqda.
Bundan tashqari ta’limni boshqarishda davlat organlarining bajaradigan funksiyasi quyida
keltiriladi:
- mamlakatda ta’lim sohasida xalqaro va umumdavlat dasturlarni ishlab chiqish, amalga
oshirish;
- davlat ta’lim standartlarini tayyorlash;
- attestatsiya va akkerditatsiyalash;
- pedagoglar faoliyatini baholash, attestatsiyalash tartibini va ularga qo‘yiladigan talablarni
belgilash;
- ta’lim tizimi tuzilishini shakllantirish;
- mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblar, mutaxassisliklar ro‘yxatlarini
shakllantirish;
- ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish;
- ta’lim tizimi tarmoqlarining rivojlanishini bashoratlash;
- ta’lim sifati, samaradorligini baholash, nazorat qilish.
Uzluksiz ta’limning sifatini oshirishga erishish, ta’lim tizimining samaradorligini oshirish
ta’limni boshqarishni asosini tashkil qiladi (1-rasm).
1-rasm. Ta’limni boshqarish yo‘nalishlari101
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga quyidagi asosiy xususiyatlar ta’sir ko‘rsatadi:
Bilim olishga nisbatan ta’lim tizimi tushunchasining kengayib borayotganligi.
Ta’lim funksiyasini faqatgina maktab, institut, universitet bajarmaydi balki ijtimoiy
institutlar ham alohida o‘rin egallaydi.
Ta’lim funksiyalarini oshirishda korxonalar kasb ta’limini berishni o‘z zimmmalariga
oladilar.
Bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining qaror topishi, ta’lim mahsulotlari va xizmatlar
bozorining shakllanishi va rivojlanishida o‘ziga xoslik kasb etadi.
Globallik yangi ta’lim tizimiva uning qaror topishi jarayonlarining o‘ziga xos xususiyati.
Yangi ta’lim tizimi insonning butun umri mobaynida ta’lim olish tizimi sifatida
shakllanmoqda.
Ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarish rivojlanayotgan davlatlardagi malakali kadrlar
tayyorlash vositalaridan biri bo‘lib, zamonaviy ta’lim tizimini boshqarishning xususiyatlari ta’lim
tizimining strategik dasturini ifodalaydi:
- zamonaviy ta’lim tizimining glabal va umumdavlat darajasida rivojlanishining zaruriyati;
- ta’limni boshqarishning tizimlilik prinsipi umumdavlat va mintaqaviy darajada tashkil
qilinishi;
101
Muallif ishlanmasi
Ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarni
qondirish.
Ta’limning barcha darajalarida
tenglikni ta’minlash.
Uzluksiz
ta’limning
sifatini
oshirishga erishish.
Ta’lim tizimining samaradorligini
oshirish.
|
| |