|
BOʻLAJAK MAKTAB MENEJERLARIDA IQTISODIY KOMPITENTLIKNIBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам BOʻLAJAK MAKTAB MENEJERLARIDA IQTISODIY KOMPITENTLIKNI
RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Qoʻshmurodov Asqar Juman oʻgʻli
JDPU Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistranti
Botirov Baxtiyor Fayzullayevich
Maktab menejmenti kafedrasi dotsenti
Xalqaro miqiyosda bo‘lajak mutaxassislarni innovatsion tayyorlash, zamonaviy ta'limni
amalga oshirish bo‘yicha dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari
tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda bo‘lajak menejerlarning kasbiy mahorat me'zonlari,
umumkasbiy va rahbarlikka doir muammolarga yechim topish va amalda tatbiq etishda hamda
boshqaruv kompetentsiyasini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Boʻlajak maktab menejerlarida iqtisodiy kopitentlik shakllantirish bo‘yicha olib borilgan
tadqiqotlar rahbarlar amaliyoti va boshqaruv faoliyatiga jalb qilishga asoslangan. Uning doirasida
bo‘lajak rahbarlar turli xil boshqaruv qobiliyatlari va boshqaruv vazifalarini hal qilish usullarini
bevosita o‘zlashtiradilar. Bo‘lajak maktab menejerlari kasbiy kompetentligini rivojlantirish
jarayonining tashkiliy jihatlarini aniqlab, biz kompetensiyaviy yondashuvning asosiy qoidalariga
asoslandik, xususan:
- boshqaruvni shakllantirish jarayonining shaxsiy yo‘nalishini kuchaytirish, ya’ni bo‘lajak
rahbarlarning qiziqishlari va ehtiyojlariga tayanib, o‘quv jarayonini faollashtiradigan tanlov
sharoitlarini yaratish;
- faoliyatning yangi turlari va usullarini ishlab chiqish orqali kasbiy muammolarni hal
qilishga o‘rgatish. Shu munosabat bilan bo‘lajak maktab menejerlarini boshqaruv faoliyatini
318
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
|
| |