|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 324
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
qo‘yilgan investitsiyalarning faqat nisbiy ko‘rsatkichlari emas, uning absolyut ko‘rsatkichlari ham
yuqori darajada ijobiy ravishda o‘zgardi”104.
O‘zbekistonda davlat davlat budjetidagi markazlashtirilgan moliya resurslarining 80 % ga
qadar mablag‘larini ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ilm-fan, turar-joy va davlat qurilishi
sohalarining kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarini qondirishga yo‘llaydi. Markazlashtirilgan
moliya mablag‘larining qolgan 20 % qismidan mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni ishlab
chiqarish jabhalarida rag‘batlantirish maqsadida foydalaniladi.
Ta’limga sarflanayotgan davlat mablag‘lari ulushini asta-sekin kamaytirib borish, bu borada
faol siyosatdan nofaol siyosatga o‘tib, moliyalashtirishni korxona va tashkilotlar zimmasiga
yuklash, ular mablag‘ini ta’limga yo‘naltirishni tashkil etishni amalga oshirish. Davlat tomonidan
faqat budjet sohalarida kadrlar tayyorlashni moliyalashtirishni saqlab qolish kerak.
Bundan tashqari ta’lim mazmunining moslashuvchanligiga erishish, ya’ni uning sifat
darajasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, mehnat bozori talablari bilan uyg‘un holda rivojlanishini
ta’minlash orqali tizimni boshqarishni yanada takomillashtirishga erishiladi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.Ta’lim bo‘yicha Butunjahon forumi. Yakuniy hisobot. – Dakar, Senegal, 2000 yil 26-28
aprel.
2.Xodiev B.Yu.Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishda malakali kadrlar tayyorlashning
ahamiyati. “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasining yangi bosqichida inson
omili va manfaatlari: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi ilmiy-amaliy
konferensiya materiallari to‘plami. – T.: TDIU, 2019. – 13 b.
3.Nabiev D.Ta’lim sohasidagi investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.:TDIU. 2005.
58 B.
|
| |