|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 327
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
topshiriqlaryuzasidan fikr almashish hamda o‘quvchilar va ularning otaonalari bilan uyushgan
holda aloqa o‘rnatish imkoniyatini beradi.
Google Classroom (https://classroom.google.com/) — ta’lim uchun mo‘ljallangan
platforma bo‘lib, kurs/sinfni yaratish va o‘quvchilarni qo‘shish, kerakli o‘quv materiallarini
kiritish va o‘quvchilarga taqdim etish, o‘quvchilarga topshiriqlar berish, ularning ishlarini
baholash va faoliyatini kuzatib borish, o‘quvchilar bilan muloqot qilish kabi imkoniyatlarni taqdim
etadi. Google Classroomda Googleda akkauntga ega xohlagan foydalanuvchi kurs yaratishi
mumkin.
So‘nggi kunlardagi pandemiya sharoiti ko‘plab o‘quvchi va talabalarlarning masofadan
o‘qishlariga majbur qilayotganligi sabab, Google Classroom platformasi o‘qituvchilar uchun
masofadan online darslarini tashkil qilishlarida, o‘quvchi xamda talabalar uchun esa ushbu
mashg‘ulotlarda ishtirok etishlarida yaxshi imkoniyat hisoblanadi. Chunki ko‘pchilik
smartfonlarga va boshqa shu kabi mobil aloqa vositalarga egaligi hamda ular orqali internet
tarmog‘i yordamida google accountiga ega bo‘lishi mumkinligini nazarda tutsak
foydalanuvchilarning mazkur xizmatdan foydalana olishlari hisobiga ushbu platformada
mashg‘ulotlarni tashkil etish, tinglovchilar guruhlarini undan ro‘yxatdan o‘tishlarini ta’minlash
ancha qulay hisoblanadi. Quyida keltirilga rasmda ushbu servis va uning interfeysi keltirib
o‘tilgan.
Bir so‘z bilan aytganda hozir shitob bilan rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari
jarayonida o‘quvchi va talabalarga mana shunday zamonaviy texnologiyalardan foyadalanib dars
o‘tish orqali bugungi paytda muammo bo‘lib turgan pandemiyani chetlab o‘tib har bir o‘quvchiga
masofadan turib bulutli texnoligiyalar orqali ta’lim berishimiz va ta’limda yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan uzulishlarni chetlab o‘tishimiz mumkin. Bundan tashqari xozirgi davr o‘quvchilarimizda
zamonaviy axborot kompetentligini shakllantirishda ushbu texnologiyalardan foydalanish ajoyib
samara berishi mumkin.
|
| |