|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 329
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Ta’lim jarayonini optimallashtirish har qanday jamiyatning umumiy taraqqiyoti, ijtimoiy-
iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlanishida poydevor vazifasini o‘taydi, uni sifat jihatidan yangi
bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon
sivilizasiyasining eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan yangi avlodni shakllantirish
bugunning eng muhim vazifasidir. Faqat ana shu asosdagina, oldimizga qo‘yilgan yuksak
maqsadlar barchamiz uchun hayotimizning mazmuniga aylanib qolgandagina, millatning ongli
vatanparvarlik ruhini yuksaltirib, rivojlangan ilg‘or mamlakatlar kabi taraqqiyot yo‘lidan ildam
qadam tashlash imkoni tug‘iladi”, – deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov.
Maktab va kutubxonani o‘quvchining kitobxonlik madaniyatini shakllantiruvchi bir butun
tizim sifatida tasavvur etish, bu tizimning asosiy komponentlarini aniqlash, ularning o‘zaro va
tashqi muhit bilan o‘zaro aloqaga kirishish mexanizmini belgilash, uning ta’lim tizimidagi o‘rni,
mazkur
tizim
tarkibiy
elementlarining
mazmun-mohiyati,
kitobxonlik
madaniyatini
shakllantirishda maktab va kutubxona taqozo qiladigan aloqalarni ta’minlashni talab qiladi. Ushbu
aloqadorlikni ta’minlovchi ichki va tashqi mutanosiblik talab qilinadi.
Azaldan kutubxona ilm ahlining muqaddas dargohi bo‘lib kelgan. Bizning respublikamizda
axborot resurs markazlari va maktab kutubxonalari yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini
shakllantirish sohasida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Eng katta tarmoq – bu maktab
kutubxonalari hisoblanadi.
O‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda kutubxonachilar o‘qituvchilar
bilan hamkorlik qilish uchun quyidagilarni yaxshi bilishi kerak:
- bolalar uchun yozilgan kitoblar haqida ma’lumotga ega bo‘lishi;
- o‘quvchilarni kitob o‘qishga odatlantirishda ko‘zlanadigan pedagogik maqsad va
vazifalarni to‘g‘ri anglab yetishi;
- o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish usul va yo‘llarini o‘zlashtirgan
bo‘lishi;
- o‘quvchilarga kitob o‘qishni o‘rgatishning turli usul, shakl, metodlarini tanlash va
qo‘llashni bilishi, bu jarayonda pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olishi;
- pedagogik bilimlarga, badiiy asarni pedagogik va badiiy tahlil qilish ko‘nikmalarini
egallagan, badiiy va o‘quv adabiyotlarining barcha turlaridan ma’lumotga ega bo‘lishi, ushbu
bilimlarni o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish jarayonida qo‘llay olishi;
- o‘quvchilar bilan pedagogik muloqot qilish metodlaridan foydalanish, notiqlik
ko‘nikmalari hamda ifodali o‘qish malakasiga ega bo‘lishi;
- o‘quvchilarning badiiy-ijodiy faoliyat xususiyatlarini bilishi hamda bu bilimlarni ularda
kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda qo‘llashi;
- avtomatlashtirilgan ish jarayonida hamda zamonaviy texnik vositalar bilan ishlashni
bilishi.
Barcha ta’lim-tarbiya maskanlaridagi kabi maktab kutubxonasi oldida ham o‘quvchilarga
milliy va umuminsoniy axloq qoidalari asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa
bugungi kunda, ayniqsa, dolzarbdir. Ushbu vazifalarning yechimiga o‘quvchilarda kitobxonlik
madaniyatini shakllantirish orqali erishiladi. Buning uchun o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy
an’analari, urf-odatlari, o‘zbek va boshqa xalqlar og‘zaki ijodiyoti, sharq donishmandlari merosi
haqidagi adabiyotlar ham keng targ‘ib qilinishi lozim.
Milliy madaniyat rivojida, insonparvarlik, e’tiqodlilik, yaxshilikka sadoqat va tabiat, atrof-
muhitni muhofaza etish masalalari muhim o‘rin tutadi. O‘quvchi-yoshlar bilan ishlashda
bag‘rikenglik, dinga to‘g‘ri va ob’ektiv munosabatni shakllantirish, din umuminsoniy
madaniyatning tarkibiy qismi ekanligini tushuntirish lozim. O‘quvchilarda ilm-fanga oid bilimlar
esa inson hayoti farovonligini ta’minlovchi va rivojlantiruvchi asosiy vosita ekanligini alohida
tushuntirish zarurdir.
O‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi ularning aqliy, axloqiy, siyosiy, jismoniy,
estetik tayyorgarligiga bog‘liqdir. Jumladan:
|
| |