325
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
tarqalgani bu Dropbox – fayllarni saqlash xizmati, GoogleDocs – ofis ilovalari, SalesForce – CRM
hamda ERP tizimlaridir.
Bulutli servislardan foydalanish uchun ko‘p hollarda foydalanuvchida internet tarmog‘i va
brauzer bo‘lsa bas, ba’zida esa foydalanuvchi qurilmasiga ushbu servisni ishlatishda qulay bo‘lishi
uchun maxsus dastur ilovalar o‘rnatiladi. Masalan, Word, Excel dasturlarida qilinadigan ishlarni
GoogleDocs orqali bemalol bajarishingiz mumkin, buning uchun kompyuteringizda ofis ilovalari
bo‘lishi shart emas.[1]
Jumladan uzluksiz ta’lim tizimiga kirib kelayotgan zamonaviy axborot-kommunikatsion
texnologiyalari asosida ta’lim muassasalarini axborotlashtirishga intilish jarayoni ta’limda
interaktiv elektron o‘quv kurslarni yaratish uchun imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda.
Axborotlashtirish, albatta yangi zamonaviy o‘quv vositalarini yaratishni talab qiladi.
Bunga
ayni paytda yaratilayotgan elektron o‘quv qo‘llanmalari misol bo‘la oladi. Hozirgi vaqtda ta’lim
muassasalarida, shu jumladan xalq ta’lim va oliy ta’lim muassalarida o‘quv jarayonining interaktiv
elektron o‘quv kurslar va ilova dasturlari yordamida olib borilishiga ehtiyoj katta.
Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan barcha tadqiqotchilarning asosiy e’tibori bugungi
kunda ta’lim sifatini, samaradorligini oshirishga qaratilgan. Dasturiy ta’minot yaratuvchilar
tomonidan bugungi kunda o‘qituvchilar faoliyatini
yengillashtirish, ta’limni sifatli va mazmundor
qilishga qaratilgan ko‘plab ilova dasturlari va axborot tizimlari yaratilmoqda.
O‘quvchi e’tiborini jalb qiladigan, ularda fanga qiziqish uyg‘otadigan, motivatsiya beruvchi
qiziqarli darslarni tashkil qilib, yangilab borish o‘qituvchiga har doim ham oson bo‘lmaydi.
Interfaollikni ta’minlash orqali ta’lim samadorligiga erishish masalasi yanada muhim.
Bunda o‘qituvchidan faoliyati davomida tinmay izlanishda bo‘lish, zamonaviy ilg‘or
pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lish talab etiladi. Barcha sohalar singari
ta’lim tizimida ham jadal sur’atlarda takomillashib borayotgan zamonaviy axborot texnologiyalari
muhim o‘rin tutadi.[2]
Ta’lim boshqaruv tizimlari (LMS — learning management systems) — bilim olish
faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun mo‘ljallangan hamda videodars, ma’ruzamateriallari,
taqdimot, kitob kabi o‘quv materiallari majmuasidan iborat muloqot
rejimidaishlay oladigan
inson-mashina majmuasi yoki masofaviy ta’lim shakli.
LMSning afzalliklari
●Foydalanishning erkinligi — o‘quvchi tizimdan deyarli hamma joyda foydalanishi
mumkin.Yoshi katta ta’lim oluvchilar esa asosiy ish joyidan ajralmagan holda ta’lim olishlari
mumkin.
●O‘qish xarajatlarini kamaytirish — metodik adabiyotlar sotib olish uchun mablag‘ talab
qilinmaydi.
●Moslashuvchanligi — o‘quv jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi imkoniyat va talablaridan
kelib chiqqan holda tashkil etilishi mumkin.
●Zamon bilan hamnafasligi — elektron
kurs foydalanuvchilari, xususan, o‘qituvchi va
o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini eng zamonaviy texnologiya va standartlarga muvofiq
rivojlantirib boradi. Bunda elektron o‘quv kurslar materiallarini tezkorlik bilan o‘z vaqtida
yangilab turish imkoniyati mavjud.
●Ta’lim olishning tengligi — o‘qitish ma’lum bir ta’lim muassasasidagi o‘qitish sifatiga
bog‘liq bo‘lmaydi.
●Bilimlarni baholashning obyektiv mezonini belgilash imkoniyati — o‘quv
jarayonida
o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni baholashning aniq mezonlarini belgilab olish
mumkin.
●Tajriba almashish — muloqot qilish, xabarlar almashish uchun chat, blog,
forum va
konferensiyalardan foydalanish mumkin.
●Statistika — darsga qatnashish, o‘zlashtirish kabi ma’lumotlar tizimda qayd etib
borilganligi uchun, o‘qituvchi xohlagan paytda kerakli shakldagi hisobotni olishi mumkin.
LMSning kamchiliklari